Klopp - Brunu haqida: "Afsuski, u zo'r futbolchi"
16 jan 2021 17:14
Yangiliklar
Klopp - Brunu haqida: "Afsuski, u zo'r futbolchi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh haqida gapirdi.
"U ajoyib futbolchi. Uning bu erga kelgunicha biz AQSHdagi turneda "Sporting" bilan o'ynaganimizda bizga qarshi o'ynagandi. Vau! Uning jamoani o'zgartirib yuborganini shundoqqina ko'rib turibmiz.
Brunu tezda moslashdi va "Yunayted"ning o'yiniga tasir o'tkazdi. U nafaqat gollarda ishtirok etadi, balki, boshqa ko'plab epizodlarda qatnashadi. Uni juda yaxshi bilaman. Afsuski, u "Yunayted" uchun juda zo'r transfer bo'ldi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 9
Fikrlar