Klopp: "Alisson yaqin bir necha haftani o'tkazib yuboradi"
13 avg 2019 11:04
Yangiliklar


Klopp: "Alisson yaqin bir necha haftani o'tkazib yuboradi"
"Liverpul" darvozaboni Alisson Beker Angliya chempionati doirasidagi "Norvich"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni erta tark etgan edi.
Keyinroq esa uning taxminan ikki oylarda safga qaytishi taxmin qilingan edi.
SHunga qaramasdan, jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp boshqa muddatni aytdi.
"Bu juda ham zo'r emas. U jarohat tufayli bir qancha vaqt mobaynida maydonga tushmaydi", - deydi Klopp.
"Men hozir uning qachon qaytishini bashorat qilmoqchi emasman, ammo bu aniq chorshanba kuni bo'lmaydi. Balki bu ikki haftani o'z ichiga olar".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar