Klopp Anchelottiga omad tiladi
24 dek 2019 23:50
Yangiliklar


Klopp Anchelottiga omad tiladi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya kubogi 3-raundidagi raqibi “Everton” jamoasi va uning murabbiy haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men hali “Everton” bilan bo'ladigan bahs haqida o'ylaganim yo'q, chunki ungacha oldimizda uchta qiyin bellashuv bor. Anchelotti bizga qarshi bo'ladigan o'yin haqida o'z fikrlarini bildirganidan xabarim bor. U murabbiyi sifatida menga juda yoqadi.
Bilasizmi, bizning ishda murabbiy bilan do'st bo'lish juda qiyin. Masalan, Deyv Vagner bilan hali murabbiyi bo'lishimizdan ilgari do'stman. U bilan iliq munosabatdamiz.
Oldimizda Rojdestvo bayrami bor, men Anchelottiga omad tilayman”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, “Liverpul” – “Everton” bellashuvi 2020 yilning 5 yanvarida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar