Klinsmann Bundesliga klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
27 noy 2019 18:01
Yangiliklar


Klinsmann Bundesliga klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
"Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann "Gerta" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
55 yoshli germaniyalik mutaxassis xorvatiyalik Ante CHovichning o'rnini egalladi.
Klinsmann oldinroq Germaniya terma jamoasi (2004-2006), AQSH terma jamoasi (2011-2016) va "Bavariya" (2008-2009)da ishlagan.
Eslatib o'tamiz, "Gerta" oktyarb oyi boshidan beri yutmayapti. Klub Bundesligadagi 12ta o'yinda 11 ochko jamg'argan holda 15-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar