So’nggi yangiliklar

Kleman Langle: "Grizmann "Barselona"da baxtli, shunga qaramasdan siz (jurnalistlar) teskarini gapirasiz" Yangiliklar

Kleman Langle: "Grizmann "Barselona"da baxtli, shunga qaramasdan siz (jurnalistlar) teskarini gapirasiz"

"Barselona" va Franciya termasi himoyachisi Kleman Langle jamoadoshi Antuan Grizmanni turli sharoitlarda solishtirib ko'rdi.

– Grizmanning klub va terma jamoada nima uchun ikki xil o'ynashini bilasizmi?

– "Ikki xil" – deya ovozini balandlatdi Langle. Antuan termada juda ham ko'p quvnoqlashadi. O'zining reja va tartiblariga ega, bu erda ekanligidan juda ham xursand. Milliy terma bilan uning ulkan tarixi mavjud. "Barselona"da ham u baxtli, lekin shunga qaramasdan siz (jurnalistlar) buning teskarisini gapirasiz. Ammo, u hammasidan mamnun va har doim tabassum qiladi.


– Balki terma jamoada undan boshqa maqsadda foydalanishar?

– Franciya termasida ikkinchi hujumchi sifatida o'ynaydi. Balki, bu poziciyada vaziyatlarga ega bo'lish, o'yinni tushunish va intuiciyalar Grizmann uchun osonroqdir. "Barselona"da u qanotda, goldan uzoqroqda o'ynaydi. Har qanday holatda ham, u mehnat qilishdan to'xtamaydi va uning ruxiyati to'g'ri yo'lga qo'yilgan", – deydi Langle.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика