Klaudio Raneri: Yaxshi o'ynamadik, lekin g'alaba qozondik
15 mar 2016 09:00
Yangiliklar


Klaudio Raneri: Yaxshi o'ynamadik, lekin g'alaba qozondik
Lester ustozi Klaudio Raneri Nyukaslga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Bahs aynan shunday bo'lishini bilardim. Nyukasl futbolchilari yangi murabbiy qo'l ostida boshqacha o'ynashdi. Ishonchim komilki bu jamoa premer-ligani tark etmaydi.
Yaxshi o'ynamadik, lekin g'alaba qozona oldik. Himoyada juda yaxshi o'ynay oldik. Ikkinchi bo'limda natija uchun bosim bo'lmadi. Endi keyingi Kristal Pelasa bilan bahs haqida o'ylaymiz. Falsafamiz har bir o'yinga tayyorlanish va yutish, – deydi Raneri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar