Klaudio Pisarro "Verder"ni tark etadi, eronlik murabbiy unga ishonch bildirmayapti
28 iyu 2017 18:14
Yangiliklar


Klaudio Pisarro "Verder"ni tark etadi, eronlik murabbiy unga ishonch bildirmayapti
"Verder" hujumchisi Klaudio Pisarro klubni tark etishga yaqin turibdi.
Malumotlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi eronlik Aleksander Nuri 38 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti. Bunga asosiy sabab - Pisarroning yoshi. Futbolchining o'zi oldinroq yana bir yil shu darajada o'ynamoqchi ekanligini aytgan edi.
Pisarro 1999-2001, 2009-2012 yillarda bremenliklar sharafini himoya qilgan. U 2015 yilda yana jamoaga qaytib keldi. Bundan tashqari, Pisarro "Bavariya", "CHelsi" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
So'nggi mavsumda u Bundesliganing 19 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar