Kirill Pogrebnyak - Pavel, "Lokomotiv", o'zbek futbolini teatrga o'xshatgani va Andrey Fyodorov haqida
14 may 2020 13:39
Yangiliklar
Kirill Pogrebnyak - Pavel, "Lokomotiv", o'zbek futbolini teatrga o'xshatgani va Andrey Fyodorov haqida
- Kirill, karantin paytida nimalar bilan bandsiz? Nimalar bilan shug'ullanyapsiz?
- Karantin yakunlanishiga ham oz vaqt qoldi. Yaqin kunlarda biz bundan chiqib, oldingidek hayot kechirishimiz mumkin. Hozir esa vaqtni zoe o'tkazmoqchi emasman. Mashg'ulotlar bilan bandman, shuningdek, shunday paytlarda odam o'z kuchsiz tomonlarini kuchaytirib olish uchun ajoyib palla. Undan tashqari, Youtube tomosha qilyapman, ko'p o'qiyapman va inglizchani o'rganyapman. Umuman olganda foydali ishlar bilan bandman.
- Youtubeʼda nimalar tomosha qilasiz?
- Bilasizmi, menga turli xil intervyular yoqadi. Masalan, Yuriy Dudni. Yana nima? Avto-tematika. Avtomobillar va shunga o'xshash. SHuningdek, menga moliyaviy kanallar ham yoqadi, yani, iqtisodiy mavzu, bunga ham qiziqishim bor. Investiciyalar va moliya mavzusida chuqurlashishni yoqtiraman.
- Iqtisodiyot — bu sizning shaxsiy qiziqishingizmi yoki futboldan keyingi kelajak uchunmi?
- Hozirgi paytda shaxsiy qiziqish. Biroq kelajakda nimalar bo'lishini kim bilibdi deysiz.
- Izolyaciya qanday tasir qildi? Qaysi kunga kelib, siz zerikayotganingizni his qildingiz?
- Aytishim mumkinki, bunga tez ko'nikdim. Masalan ilk hafta tushunarli, bunga odam endi moslashayotgan bo'ladi va normal hayot kechiradi, o'zingizga yangi sarguzashtlar qidirasiz, biroq ushbu holatga boshqa tomondan qarasa, miyadan shunday hayollar o'tishni boshlaydi: “Men nima qilyapman o'zi?“. Undan tashqari, bu erda bir o'zimman, oilam hozirda Moskvada. Bu ham bir minus. Har bir o'tayotgan kun — tepaga tashlanayotgan bir qadam bo'lmoqda.
Boshqa bir tomondan esa yashayotgan har bir kuningdan o'zgacha foyda olishni boshlaysan, nimalardir qilasan va yanada yaxshiroq bo'lasan. Oldinga harakatlanayotganingni tushuna boshlaysan. Asosiysi, peshonaga yozilgan koronavirusning yanada rivojlanib ketishiga yo'l qo'ymaysan. Masalan men uchun bunday holatda yotib, shiftga qaragancha yoki televizor ko'rishib o'tirsam, yo'qolib qolgandek his qilaman o'zimni. Balki kimlardadir boshqachadir, biroq menda shunday.
- Koronavirusga qarshi qanday kurashyapsiz? “Liverpul“ himoyachisi Deyan Lovren konspirologik fikrdagilar tarafdori va u barchasi 5G sababli bo'lgan deb hisoblaydi...
- Dastlabki 2-3 hafta davomida yangiliklarni faol tarzda o'qidim. Kimdir nimadir yozsa, kimdir uning aksini yozadi. Qaysi biriga ishonishni bilmay miyam yorilib ketay dedi. Qandaydir yangilikni o'qib, boshimda adrenalin paydo bo'ladi va o'zim haqida shunday o'ylay boshlayman: “Nahotki bu haqiqat?“. Boshqa manba esa umuman o'zgacha rakursdagi malumotni taqdim qiladi. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Biz baribir haqiqatni tagiga eta olmaymiz. Faqatgina oradan 5-10 yil o'tib, buni bilishimiz mumkin. Bu haqida bong urib, nimalar bo'lganini aytishadi, o'shanda bu haqida eshitishni ham istamayman. Men instagram va telegramdagi barcha kanallardan chiqib ketdim. Televizordan esa ancha oldin voz kechganman, ha uyda televizor bor, uni faqatgina rafiqam tomosha qiladi. Umuman olganda bu nimaga kerak. Har xil malumotni ko'raverib, odamning boshini achitish uchunmi?
- Bizning ishqibozlarimizga sizning katta futbolga kirib kelishingiz juda ham qiziq. Futbolchi bo'lish orzuyingiz bo'lganmi yoki akalaringiz sizni bunga tortishganmi?
- Umuman olganda barchasi oddiy. Katta akam — yulduz. Men esa akam (Kirill bu erda o'zining egizak akasi Nikolayni nazarda tutdi, u ham “Lokomotiv“ tarkibida o'ynagandi) bilan birgalikda 6 yoshdan futbol bilan shug'ullanganmiz. O'shanda katta akamiz 18-20 yoshlarda edi va u “Spartak“ning yoshlar jamoasi tarkibida o'ynardi, uning o'yinlarini ko'rish uchun borib turardik. Ko'z oldimizda yorqin namuna bo'lib turgani uchun unga o'xshamaslikka harakat qilishning iloji yo'q edi. Bolaligimizda biz musiqa bilan shug'ullanardik. Bilasizmi, shunchaki futbolga etibor bermaslikning imkoni yo'q edi. Futbol — bolaligimizda muhabbat qo'yilgan ajoyib tuyg'u. Yillar o'tib futbol o'ynash ishtiyoqi kuchayib bordi.
- Yoshligingizda qaysi jamoaga muxlislik qilgansiz?
- Avvaliga “Spartak“, keyinchalik shunday bo'ldiki, akam o'ynagan jamoalarga muxlislik qilishni boshladim. U “SHtutgart“ga o'tganidan keyin esa tushunarliki, xorij jamoalariga ham muxlis bo'ldim. Hozir esa Rossiyada “Zenit“ning o'yinlarini ko'rish yoqib bormoqda.
- Yoshligingizda muxlislarning janjallarida qatnashganmisiz? Sir emaski, Moskva jamoalari muxlislari o'rtasidagi munosabatlar, yumshoq qilib aytganda yaxshi emas.
- Yo'q, qatnashmaganman. Biroq yodimda bor, maktabda o'qib yurgan paytimda muxlislarning bloklanish holatlari yuzaga kelgan, kimdir CSKAga, kimdir “Zenit“ga muxlis edi. Ular yig'ilib olib, otishmalar yuzaga keltirishardi. Lekin bu men uchun qiziq emasdi.
- Siz faoliyatingizni “Tom“ jamoasida boshlagansiz. Aytingchi, yosh bolakayga o'z megapolisini tashlab ketib, Tomsk oblastida bo'lish qanchalik qiyin bo'lgan?
- Bu faoliyatimdagi eng muhim davr edi. Bizni o'shanda qo'yib yuborgani uchun ota-onamga minnatdorlik bildiraman. Ha, Kolya ikkimiz 19 yoshda bo'lganmiz. Menimcha bunday paytda biz ketishni istasak, ota-onamiz qo'yib yuborishi kerak. Biz ketayotgan joy va vazifalarimiz esa barchaga tushunarli edi.
U erga borib, men 10 yoshga katta bo'lgandek bo'ldim. Ha, akam bilan edim, biroq boshqa tomondan ikkimiz bir odam edik: barchasini o'zimiz tayyorlaymiz, yuvamiz va hokazo. Bungacha buni onamiz bajarardi. Bu erda esa kvartiraga o'zing pul to'laysan va barchasini o'zing bajarasan. Menimcha shundan katta hayot boshlanadi. Aynan shu yoshga kelib, odam o'z ishini o'zi bajarishga o'rganishi kerak. Agarda shu yoshingda boshqa bir joyda seni chorlashayotgan bo'lsa va sening futbolchi bo'lish imkoniyating yuzaga kelsa, bundan foydalanish kerak. SHu orqali sen o'zingni nafaqat futbolchi, balki, katta inson sifatida ham toblashing mumkin. Asosiysi — qo'rqmaslik!
- Valeriy Kuzmich Nepomnyashhiy — o'zbek futboli uchun hech qanday qahramonlar toifasiga kirmaydi, biroq u 2006 yili O'zbekiston termasini boshqargan. U “Tom“da siz va akangiz bilan ham ishlagan. Uning futbolga bergan narsalari haqida soatlab gapirish mumkin. Uning bunday katta siymo ekanligi sababi nimada?
- Valeriy Kuzmich bilan munosabatlarim ajoyib ekanligini bittada aytaman. Balki uning ham menga bo'lgan munosabati shunday. U menga katta futbolning yo'lini ochib bergan. Tomskda u meni asosiy jamoaga ko'niktirgandi. U o'ziga katta sifatlarni olgan katta murabbiy. U ham mashg'ulot ham ruhiy malakalarga ham ega. U doimo balansni ushlagan va har bir futbolchiga individuallikni taqdim qila olgan. Men uchun u faqatgina buyuk murabbiy emas, u kuchli shaxsiyat. Bu borada u men uchun eng yorqin namuna.
- Siz bir o'yinda raqib bilan to'qnashib ketib, ikki tishingizni yo'qotgansiz. Bu qanday sodir bo'lgan?
- Bunday holatlar doimo kutilmaganda bo'ladi. Hatto o'zim ham nima bo'lganini tushunmay qoldim. Jamoadoshlarim esa keyinchalik menga raqibim tizzasi bilan urilganini aytishdi.
- Oldi tishlaringizmidi? Keyin Ovechkinga o'xshab yurdingizmi?
- (Kuladi) SHifokorlarga tahsin o'qisa arziydi. Biz tezda shifoxonaga bordik va u erda menga vaqtinchalik implant qo'yildi, operaciya qilishdi. Ha boshida xunuk ko'rindi, ammo nima qilish kerak boshqa (kuladi).
- Akangiz Pavelning tavsiyasiga ko'ra “Tom“ga borganmidingiz?
- Akam Nikolay bilan birgalikda “Rostov“da ko'rikdan o'tayotgandik, u erda ikkita yig'inda qatnashdik va keyinchalik ular bizni ro'yxatdan o'tkaza olishmayotganini aytishdi. “Rostov“dan keyin biz tezda Tomskga ketdik. Akam bizni sinab ko'rishni ularga taklif qildi.
U erga bordik va asosiy jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishdik. Bu bizni shunchaki shokka solib qo'ydi. SHu kungacha ularni televizor orqali tomosha qilgandik, endi esa ular bilan shug'ullanyapmiz. Undan tashqari, o'sha paytda bunga ruhiy tomonlama ham tayyor bo'lishimiz kerak edi. Ammo bu bizdek yosh futbolchilar uchun katta tajriba vazifasini o'tagandi. O'shanda Valeriy Kuzmich bosh murabbiy edi va Dzyuba ham jamoa tarkibida o'ynardi. Umuman olganda o'shanda barchasi qiziqarli bo'lgan. Keyinchalik biz yoshlar jamoasi bilan shug'ullanishni boshladik. O'shanda eshitgan ilk yangiligimda bizni olishmoqchi bo'lishmagan. Bu esa Yangi yil bayrami arafasida bo'lgandi. Bayramdan keyin esa bizga: “Sizlarga yana bir imkoniyat beramiz. 7 kun biz bilan shug'ullanasiz“, deyishdi.
Ushbu yig'inlarni bir umr unuta olmayman. SHu paytgacha menda bunday katta ishtiyoq va o'z kasbimga muhabbat bo'lmagandi. Akam bilan birgalikda oldingidek mashg'ulot qilmadik. Menimcha buni murabbiylar shtabi ham sezdi va bizni ikkinchi va uchinchi yig'inlarga ham taklif qilishdi.
- Sizning futbol faoliyatingizda Pavelning yordami yoki tasiridan foydalanganmisiz?
- Bu imkonsiz. Qanday qilib uning tasiridan foydalanish mumkin? U qay tariqa yordam berishi mumkin? Men global miqyosida aytyapman. Ha, u qo'ng'iroq qilib: “Mening ukalarim bor, ularni sinab ko'ring“, deyishi mumkin. Xuddi Tomskda bo'lgani kabi. Hatto o'shanda ham biz aka-uka Pogrebnyak bo'lganimiz uchun emas, balki yig'inlar davomida o'zimizni ko'rsatganimiz uchun shartnoma imzolaganmiz. Balki ayrimlar, “u o'z familiyasidan foydalanyapti“ deb gapirishi mumkin. Lekin unday emas. Futbolda bunday holatlar bo'lib turishini inkor qilmayman, chunki ayrim paytlarda futbolchining faqatgina sifatlariga qarashmaydi. Bizning holatda esa unday bo'lmagan.
Barchasi tarbiyaga bog'liq. Bizga bunday narsalardan foydalanishga imkon bermaydi. Agarda shunday bo'lgan taqdirda akam ikkimiz o'zimizni noqulay his qilgan bo'lardik. Buning barchasi yaxshilikka olib bormaydi. Taqdirni aldashdan nima foyda?
- Pavel oddiy hayotda qanday inson?
- Kamtar va mehribon. Har doim yordam beradi. SHunchaki akamning hayotida ko'p narsalari o'xshagan. Hozirda OAV o'z yangiliklari bilan bo'rttirib yuboryapti. Inson o'z hayotini o'zi chiroyli qila oldi. Bunga faqatgina harakat kerak! Uni nima uchun yomon ko'rishadi, bilmayman. U oddiy insonlarga doimo yordam berib yurganini shaxsan bilaman. Futbolchilarning hayoti shunday ko'rina boshladiki, odamlar ularning faqatgina bir tomonini ko'rishadi, ularning boshqa sifatlari esa yo'qolib qoladi. Buni esa normal holat deb hisoblamayman. Ayrim futbolchilar esa faqatgina OAV uchun o'zidan o'zgacha obraz yasab oladi.
- Pavel sizning ustingizdan kulib, men “Fulxem“daman, sen esa Voronejda yuribsan, degan paytlari ham bo'lganmi?
- (Kuladi) Albatta yo'q, bunaqasi bo'lmagan. Oilamizda bu normal holat hisoblanmaydi. Ha, biz ko'p hazillashamiz. Bizning o'zaro chatimiz bor va unda asosan hazillarni yozamiz, kulishda esa faqatgina X va A, yani, “xa-xa-xa“ni ishlatamiz. Barchasi shunday. Biz boshqa mavzularda kamdan-kam gaplashamiz va albatta, faoliyatimizning qaysidir bosqichlari borasida ham gaplar bo'lib turadi. Biroq odamning ustidan kulishgacha etib bormaydi.
- “Lokomotiv“ PR-direktori Mamur Mamadalievning aytishiga ko'ra, klubga Pogrebnyak kelyapti deyishganida Nikolay emas, Pavel o'tadi deb o'ylagan. U bu borada ajoyib afisha, press-relizlar tayyorlab qo'ygan, biroq keyinchalik u boshqa Pogrebnyak ekanlinini bilib qolgan. Faoliyatingizda shunday g'alati tarixlar bo'lib turganmi?
- SHveciyada shunday g'alati holatga tushib qolganmiz, mendan intervyu olishayotganida o'shanda ham iqtisodiyotga qiziqishimni aytganman. SHvedlar mening holatimni biroz og'irroq deb o'ylashgan shekilli (kuladi). Bu ham bir tarix. SHveciyada har bir yangi futbolchi o'zini boshqalardan pastroqda ushlashi kerak. Biroq bizdagi kabi emas. Har kim o'zi uchun nimanidir o'ylashi kerak. Bu qandaydir qo'shiq yoki raqs bo'lishi ham mumkin. Navbat menga kelganida esa “Katyusha“ni kuylab berganman. Umuman olganda bu yaxshi chiqqan.
Biroq bu barchasi emas. Yangi shartnoma imzolagan futbolchilar yig'inlarga borishardi. Jamoadagilar esa kutilmaganda kayfiyatni ko'tarishni istab qoladi. Menga shunday kulgili niqob berishdiki, u bilan Barselonaga qadar uchib borishim kerak edi. Samolyotda, aeroportda ham buni taqib yurish kerak edi. Faqatgina Barselonadagi otelga etib boribgina uni echish mumkin bo'lgandi. Juda ham qiziq bo'lgandi.
- “Sovetskiy sport“ nashriga Siz Pavel bilan bir jamoada o'ynashni istashingizni aytgansiz? O'shanda kim zo'rroq bo'lishi mumkin edi: siz yoki Pavel Pogrebnyak?
- Barchamiz (kuladi).
- Agarda ikkingiz bir jamoada bo'lsangiz, 4-4-2 formaciyasi sizlarga mos tusharmidi?
- Menimcha biz bir-birimizning o'rnimizni to'ldira olamiz (kuladi).
- “Fakel“dan keyin siz Peterburgning “Zenit“ning ikkinchi jamoasiga o'tdingiz. Piterliklarning infratuzilmasi qanchalik darajada qudratli?
- Bu “Zenit“ning ikkinchi jamoasi edi. Bunday pallada siz asosiy jamoada nimalar bo'layotganini tushunmaysiz. Bu gap FNLning barcha jamoalariga tegishli. Sendan sal teparoqda asosiy jamoa shug'ullanadi. O'shanda miyangga o'sha erda mashg'ulot qilish fikri keladi. SHunchaki futbolchi o'z ustida ishlab, harakat qilishi kerak. Balki ishtiyoq ham bu borada yuqori o'rinda bo'lishi kerakdir. Undan tashqari, shu tariqa asosiy jamoaga o'tgan futbolchilar ham bo'lgan.
- “Zenit-2“ jamoasiga qarshi ham raqiblar xuddi asosiy jamoadagi kabi yuqori kayfiyat bilan o'ynasharmidi?
- Yo'q, men hech nimani his qilmaganman. FNL shunday turnirki, har bir jamoa bor kuchini ishlatadi va so'nggi lahzagacha kurashadi. Ha, futbol shunday darajaga etdiki, jamoalarning statusi hech qanday ahamiyatga ega bo'lmay qoldi, barcha raqiblar bilan o'ynash qiyin bo'lmoqda.
Muxlislardan savollar:
jama_barber – Qaerda sochingni turmaklatasan? Balki mening salonimga kelarsan?
- (Kuladi) U hech bo'lmasa saloni qaerda ekanligini yozganmi? Manzili qaerda? Bilsam albatta boraman!
- Unga yozib, bilib olamiz!
- Kelishdik!
- Yosh muxlisimiz Erikdan savol. Bu o'sha mashg'ulotga tashrif buyurgan bolakay. Kirill, uni esladingizmi?
- Ha, uni bilaman.
- U bizga shunday savol jo'natgan: Futboldagi ilk raqamingizni qay tariqa tanlagansiz? SHu sababli janjallashishga to'g'ri kelmaganmi?
- Yo'q, urushmaganman. Ilk futbol raqamimni “Tom“ning yoshlar jamoasi tarkibida olganman. Raqam shunchaki bo'sh edi va bu menga nasib qilgan. Yoshlar jamoasida bilsangiz, raqamlar 50dan tepada bo'ladi. Esimda o'shanda 78-raqamni olganman. Nima uchun? Bilmadim, uning ko'rinishi yoqqan shekilli. Hozir esa “to'qqiz“ga mehrim o'zgacha. “Lokomotiv“da aynan shu raqamda o'ynayapman. Umuman olganda raqamlarga katta etibor bermayman.
Sadulla Muzaffarov (fan-klub): O'z gollaringizni odatda qanday nishonlaysiz?
- Xuddi Dzyuba kabi o'zgacha raqslar yoki ishoralar bo'lishi kerak, bu esa futbolchiga gollarni qayta uraverishi uchun juda muhim. Bu erda boshqa nyuans ham bor. Gol urgan vaqtimda esa shunchaki xursand bo'laman. To'g'risini aytsam, gol urgan paytida xursand bo'laman va o'zgacha gol nishonlash xayolga ham kelmaydi.
Talatik: CHempionat emas, aynan kubok o'yinlarining ishtiyoq darajasi qanday bo'ladi. Yoki bir xilmi?
- Agarda kubokning chorak finali bo'lsa, albatta, yuqori bosimni his qilaman. Futbolchi uzoqroqqa borib, hal qiluvchi pallalarda o'ynashni istaydi. Bunda chempionatdagi o'yindan farqli ravishda g'alabaga ishtiyoq yuqori bo'ladi.
Samandar8819: Agarda sizga Evropaning top-jamoalaridan taklif tushsa, qaysi klubni tanlagan bo'lardingiz?
- “Manchester Yunayted“. Bolaligimdan shu klubga muxlislik qilaman. Yodimda uyda o'tirib, jamoaning o'yinlarini tomosha qilardik, tarkibda Bekxem, Kantona, Veron, Kin kabi futbolchilar o'ynardi. O'sha vaqtdan buyon jamoaga bo'lgan muxlislik yuqori darajada.
- “Lokomotiv“ga SHveciya chempionatidan keldingiz. Sir emaski, shimoliy mentalitet sovetorti mamlakatlarinikidan farq qiladi. SHveciyadagi hayotning o'zgacha tomonlari bormi?
- SHveciya boy mamlakat. U erda juda ham boshqacha iqtisodiy hayot. Odamlar boshqacha yashashadi va u erdagi joylar Sobiq Ittifoq davridagi mamlakatlardan farq qiladi. Dastlab barcha narsaga juda ham hayron bo'lib qarardim. Davlatni yanada ko'proq tushunib olish kerak edi, chunki bu joylarda hali ko'p bo'lardim. Boshqa tomondan qarasak, davlatda barpo etilgan barcha narsalar odamlar uchun. U erdagi odamlar yaxshi yashashadi va ishlariga yarasha pul topishadi. Ular bizdan farqli ravishda boshqacha ishlashadi. Masalan, u erda barcha ishlarda soatiga pul olishadi. Masalan, bir shved 5 soat ishlasa, 5 soatlik pulini oladi. U 6 soat ishlamaydi, chunki unga buning pulini to'lashmaydi. Ortiqcha daqiqalarni bunga sarflashmaydi.
SHvedlar o'z qadrini yaxshi bilishadi. Ular ortiqcha bosimsiz ishlashadi. Ular uchun asabiylashish — yovvoyilik belgisi. Ular biz kabi 10 soatlab ishlab, yana nimalar bilandir band bo'lishmaydi. Ularga ish topshirilganida esa yana bir o'ylab ko'rishadi. Buni qachon bajarish kerak? Bu o'zining taqvimiga to'g'ri keladimi? Ular buni ko'rib chiqishadi va bo'sh bo'lgan kunida, olaylik, 3 kundan keyin qilib beraman deydi. SHveciyadagi hayot juda ham sokin. Hech kim shoshilmaydi. Bu esa menimcha ajoyib. SHveciyadan uyga odamlarga xos ayrim sifatlarga ega bo'lib qaytdim deya olaman. Har bir davlatning ajoyib tomonlari bo'lganidek, salbiy jihatlari ham bo'ladi, buni esa odam ko'rgisi ham kelmaydi. Biroq o'sha paytda menga SHveciya har tomonlama katta tajriba to'plashimga yordam berdi. Men chet davlatga borgan istalgan inson boshqa mentalitetdan nimalarnidir o'rganishi kerak deb hisoblayman.
- Futbol planiga o'tsak. Barchasi qatiymi?
- SHveciyadagi barcha narsa tartiblilikka asoslangan. Masalan ko'chada qoidani buzsang, odamlar policiyani kutishmaydi va istalgan inson senga o'z etirozini bildiradi. Barchasi shunday darajada. Futbolda esa tashkiliy jihatdan tartiblilik ko'rinadi. Sizga namuna keltirishi mumkin. Bizga 2 oylik reja tuzib berishdi. Bugun dushanba, demak, qog'ozda yozilgan ishlarni bajarishim kerak. Aytishim mumkinki, ikki oy davomida hech kimning jadvallari o'zgarmaydi. Belgilangan vaqtda o'sha rejalarni bajarish kerak va shunday bo'ladi. Kimdir chiqib buni muhokama qilmaydi.
Mashg'ulot processida ham bu qattiq seziladi. Bosh murabbiy har kungi mashg'ulotdan oldin qandaydir mashqni bir hafta bajarish kerakligini aytsa, biz buni belgilangan vaqt davomida qilish kerakligini tushunamiz. Agarda bunga yarim soat kerak bo'lsa, yarim soat sarflanadi. Undan ko'p bo'lsa, demak, ko'proq o'sha mashqni bajaramiz.
- Bir intervyuda siz Evropaning barcha davlatlariga borganingizni aytgandingiz. Siz umumiy hisoblaganda qancha davlatga borgansiz?
- Yo'q, Evropaning barcha davlatlari emas. Germaniyaning ko'plab shaharlarida bo'lganman. Akalarim bilan birga pivo ichishni yoqtiramiz. Instagramda ko'p bora yozganimizdek yilda hech bo'lmasa bir marta qaergadir sayohatga boramiz. Biz Barselonada ham, Parijda ham bo'lganmiz. Germaniyada ko'p bora. Evropaning ko'plab joylariga borgan bo'lsam-da, hali ham yana bir qancha qiziqarli joylarga borish istagim yo'q emas.
- Masalan, qaerlar?
- Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg. Boltiqbo'yi mamlakatlarini ko'rib bo'ldim, SHveciya, Daniya, Finlyandiya kabi davlatlarda ham bo'ldim. Andorra juda ham yoqdi, kichkina, lekin juda ham chiroyli davlat. Belgiyaga yana bir bor borish niyatim bor.
- Rossiyadan tashqari, o'zingiz borgan eng chiroyli 3 davlatni ayta olasizmi?
- Abxaziya. U er menga juda ham yoqqan. Jarohatimdan keyin rafiqam bilan u erga borgandim. U er miyada muhrlanib qoladigan darajada chiroyli va havosi ham ajoyib.
Rimni ajratib ko'rsata olaman. Yana bir marta u erga borib qolishni istardim. U erda o'zim istagan barchasini ko'rganman.
Va albatta Meksika. U erning ham ko'plab joylariga borganman. Barchasi yoqqan. Sayohatni yoqtirganimdan mamlakat tanlab o'tirmayman. Bu men uchun zavq. Mavsumlar oralig'idagi tanaffusda ham qaysidir davlatga borib kelmoqchiman.
- Bu erga kelishdan oldin sizda Qatardagi klubdan ham taklif bo'lgan ekan. Nima uchun aynan “Lokomotiv“ni tanladingiz?
- Menga qiziqish bildirishdi. Menimcha faoliyatimda ilk marta menga bir klub bir maqsad yo'lida qiziqish bildirdi. Bosh murabbiy ham rahbariyat ham. To'g'risini aytaman, bu mening miyamni gangitib qo'ydi. Menga qo'ng'iroq qilishdi va jamoaga yordamim kerakligini aytishdi. Qo'shimcha qilishim kerakki, faoliyatim davomida men turnir jadvalidagi quyi pog'onalarda bo'lib turgan jamoalar tarkibida o'ynaganman. Menda esa chempionlar tarkibida o'ynash imkoniyati paydo bo'ldi. “CHempionlik ruxi“ va yuqori o'rinlar, maqsadlar uchun kurashish hissiyotini his qilyapman.
- Akangiz Nikolay 2018 yilda jamoa tarkibida o'ynagan, biroq asosiy tarkibga kira olmagandi. Bu sizga “Lokomotiv“ga o'tishingizga hech qanday tasir qilmaganmi?
- Yo'q, albatta! Nikolay menga klub, unda ishlayotgan biror bir personallar haqida hech qanday yomon gaplar aytmagan. Barchasi ijobiy fikrlar bo'lgandi. Ha, uning “Lokomotiv“dagi faoliyati o'xshamadi, bu futbol. Bo'lib turadi. Undan maslahat olib, bu erga kelganimda esa barchasi yaxshi ekanligini ko'rdim. Bu erda o'zimni qulay his qilyapman.
- Nikolay bu erda o'ynab ketdi, siz ham biz bilansiz. Pavelning navbati qachon kelarkin?
- (Kuladi) Buni o'zidan so'rash kerak. Bu haqida so'rab kermagan ekanman. Biroq endi u bilan bu borada gaplashish vaqti etgan.
- Birinchi turda siz ajoyib perfomans ko'rsatdingiz. “Andijon“ darvozasiga ikki gol urdingiz, bir necha ramziy termalarda ko'rinish berdingiz. Hatto OFK ijtimoiy tarmoqlari ham siz haqingizda yozdi. Biroq 3-turga kelib, “Buxoro“ bilan o'yinda zaxirada qoldingiz. Bu nima bilan bog'liq? Bosh murabbiy tushuntirish berdimi?
- Bu bosh murabbiyning taktik o'zgarishlari bilan bog'liq edi. Bu uning qarori. Men uning qarorlarini muhokama qiladigan inson emasman. U shunday dedimi, demak, bu amalga oshishi kerak. Murabbiylar shtabiga qarshi bormayman. Bu uning yo'nalishi. SHunday pallada futbolchi o'zini asosiy tarkibga mos ekanligini zaxiradan tushib ko'rsatishi lozim.
- Andrey Fyodorov — qattiqqo'l murabbiymi? Yoki futbolchilar bilan hazil-mutoyiba qilib turadimi?
- U ham jiddiy inson ham hazillashib turadi. Zamonaviy futbolda murabbiy har tomonlama sifatlarga ega bo'lishi kerak bo'lib qoldi. Har bir futbolchiga individual yo'llar orqali ko'nglini topish ham kerak. Baqirishning ham hazil qilishning ham vaqti bo'ladi. Bu ham bir sanat, bir kitob yozsa bo'ladi. Bu planda Fyodorov rostdan ham har tomonlama sifatlarga ega murabbiy.
- SHu kunga qadar uning futbolchilik faoliyati haqida malumotlarga ega bo'lganmidingiz?
- Ha, u haqida o'qiganman.
- “Lokomotiv“dagi gollaringizga qaytamiz. O'yindan keyingi flesh-intervyuda biz Marat Bikmaevdan: “Kirill bugun ilk dublini amalga oshirdi. Uni qay tariqa tabriklaysiz?“, deb so'ragandik. U esa bizga: “Avvaliga u bizni tabriklashi kerak“, deb javob qaytargandi. Xo'sh, bayram bo'ldimi?
- Hozircha yo'q (kuladi). CHempionat o'yinlari ketma-ket bo'ldi va yig'ilib o'tirishga vaqt etmadi. Hali oldimizda juda ko'p vaqt bor va buni bayram qilishga ulguramiz.
- O'zbek/rus/shved futboli orasidagi farq qanday?
- O'zbekistonda endi 3ta o'yinda qatnashdim, shu boisdan ishonch bilan nimanidir gapira olmayman. SHveciya futboli haqida gapiradigan bo'lsak, u erda uchta kuchli jamoa bor, qolganlar esa unchalik darajada emas. Hissiyotlar nuqtai nazaridan, SHveciyada men haddi Rossiya Premer-ligasida o'ynayotgandek bo'ldim. Aniqroq aytadigan bo'lsam, FNLning ayrim jamoalarini inobatga olmasak, Premer-ligadan farqi yo'q. Bu reklama, marketing va futbol atrofida bo'layotgan boshqa ishlarga ham tegishli. Yaxshi maydonlar va muxlislar. Barchasi futbol o'yini uchun bo'layotgandek hissiyot beradi. Muxlislar ham teatrga emas, aynan futbol o'yiniga kelgandek kelishadi. SHunchaki zavq olish va lazzatlanish kerak.
O'zbek futboli haqida fikrlarim boshqacharoq. Yashirmayman, o'tgan uy o'yinda muxlislar xuddi teatrga kelganidek taassurot uyg'otdi. Bu erda barchasi boshqacha ekan. Futbol darajasi haqida gapiradigan bo'lsam, u shved futbolidan kuchsiz emas. Har bir jamoada individual kuchli futbolchilar bor.
- “Lokomotiv“da katta rux berib turadigan futbolchilar kimlar?
- Jamoaning qariyalari albatta. Nesterov, Zoteev, Kaxi, Tima. Ular jamoaga pozitiv atmosfera olib kirishadi. Hazil-mutoyibachilar.
- Kirill, “Assalomu alaykum“dan tashqari o'zbekchada bir so'z aytingchi.
- Rahmat (kuladi).
- Hozir HA yoki YO'Q deb javob berishning ayni payti. O'zbekcha so'kishlarni o'rgandingizmi?
- Yo'q, xohlamayman.
- O'zbek oshxonasi 10 ballik shkalada?
- (O'ylanib qoldi) Olti.
- Sizning 10 daqiqa vaqtingiz bor va bir chashka qahva ustida kim bilan suhbat qurgan bo'lardingiz?
- Ueyn Runi.
Fikrlar