So’nggi yangiliklar

21:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон — Вьетнам 3:0 (матнли трансляция)  106 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  4 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  2 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  1 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  12 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  1 19:01Ўзбекистон ва Вьетнам ўзаро ўйинлар тарихи ёхуд "қорли финал"ни эслаб  4 18:30Тухель АПЛ ва Ла Лига ўртасида танлов қилди  3 18:01Ўзбекистон Кубоги. 2-тур баҳсли вазиятлари юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  20 17:41"Бобур Арена"нинг айрим секторлари ёпилиши маълум қилинди. Бунга нима сабаб бўлди?  29 17:22Франция Евро-2024'да Команнинг хизматларидан фойдалана олмайди  0 16:53УEФА миллий терма жамоаларнинг Евро-2024 учун қайдномаларини кенгайтиради  4 16:25"Тоттенхэм" ҳимоячиси Европа чемпионатини ўтказиб юборади  3 16:21Ривожланиш Кубоги. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Тожикистонга қарши таркиби маълум  4

Kinolarda rol ijro etgan 20+ futbolchi yoxud “X-MEN 3”dagi Vinni Jonsdan boshlab multfilm qahramoniga ovoz bergan Inestagacha Yangiliklar

Kinolarda rol ijro etgan 20+ futbolchi yoxud “X-MEN 3”dagi Vinni Jonsdan boshlab multfilm qahramoniga ovoz bergan Inestagacha

Yuzaga kelgan tanaffus tufayli kino sohasida o'zini sinab ko'rgan futbol olami vakillari bilan tanishtirib o'tamiz.

Futbolchilar o'ynagan bazi rollarni ko'rganmiz va esimizda qolgan. Ayrimlarida esa ularni tanimay o'tib ketganmiz. 

Demak, ushbu maqolada o'zini aktyorlikda sinab ko'rganlar murabbiy va o'yinchilar esga olinadi.

Zinedin Zidan (franciyalik sobiq futbolchi, hozirda "Real" klubi ustozi) - 2008 yil yaratilgan "Asterik Olimpiya o'yinlarida" filmida Zinedis nomli epizodik rolni ijro etgan. SHuningdek, u ko'pchilikka tanish bo'lgan "GOL" filmida ham ko'rinish bergan.

Devid Bekxem (angliyalik sobiq futbolchi, hozirda "Inter Mayami" klubi xo'jayini) - sobiq jamoadoshi Zidan kabi  "GOL" filmida ko'rinish bergan. SHuningdek, "Qirol Artur qilichi"da (2017) Trigger nomi ostida chiqqan. "U.N.C.L.E agentlari" (2015) filmi va "Amerikaliklar oilasi" serialida esa epizodik rollarni ijro etgan. Bekxem reklama roliklaridagi ijrosi orqali ham ko'pchilikning yodida qolgan bo'lsa ajab emas.

Frank Lebyof (franciyalik sobiq himoyachi va murabbiy) - "Stiven Xoking Olami"da (2014) shifokor rolini ijro etgan. Bundan tashqari, IMDB portalida sobiq futbochining 10ga yaqin kinoda aktyorlik qilgani berilgan.

Vinni Jons (uelslik sobiq futbolchi, hozirda kino olamida faoliyat olib bormoqda) - Jons hozirga qadar 50dan ortiq filmlarda katta va kichik rollarni ijro etgan. Jons futboldan ketganidan keyin hech qanday mahoratsiz kino olamiga kirib keldi va ilk rollaridanoq rejissyorlarning etiboriga tushdi. Masalan, u "X-MEN" trilogiyasining so'nggi qismida Jaggernaut nomli salbiy qahramon rolini juda yuqori saviyada o'ynagan.

Ronaldino (braziliyalik sobiq futbolchi) - 2018 yili suratga olingan "Kikbokschi qaytdi" filmida Ronald rolini o'ynagan.

Jibril Sisse (franciyalik sobiq futbolchi) - 2007 yil yaratilgan "Taksi 4" filmida o'zini ijro etgan.

Neymar (Braziliya terma jamoasi va PSJ klubi forvardi) - 2017 yil yaratilagan "Uch iks: Dunyo hukmronligi" filmi va ispaniyalik kino ustalari tomonidan suratga olingan "Qog'ozli uy" (2019) serilining uchinchi faslida kichik epizodik rollarni ijro etgan.

Fic Xoll (angliyalik sobiq futbolchi) - 1997 yil yaratilgan "Beshinchi element (yoki unsur)" filmining ilk daqiqalarida ko'rinish bergan yosh yigit.

Erik Kontana (franciyalik sobiq futbolchi, hozirda kino olamida faoliyat olib bormoqda) - futboldan so'ng faoliyatni kino bilan bog'lagan yana bir taniqli yulduzlardan biri. 1995 yildan kino olamiga kirib kelgan va hozirga qadar 30ga yaqin filmlarda katta va kichik rollarni ijro etgan.

Alli Makkoyst (shotlandiyalik sobiq futbochi va murabbiy) - "G'alaba zavqi" (2000) kinofilmida Jekki ismli murabbiy rolini o'ynagan.

Pele (braziliyalik sobiq futbolchi va murabbiy) - 1981 yil "G'alaba" filmida braziliyalik xarbiy asir Luis Fernandes personajanni gavdalantirgan. SHuningdek, o'z xayoti haqida suratga olingan "Pele" (2016) filmida ham ko'rinish bergan.

Bobbi Mur (angliyalik sobiq futbolchi va murabbiy, 1993 yil 51 yoshida olamdan ko'z yumgan) - 1981 yil "G'alaba" filmida Terri Bredi rolini ijro etgan (rasmda chapdan birinchi).

Nikolya Anelka (franciyalik sobiq hujumchi, hozirda "Lill" yoshlar jamoasi ustozi) - franciya kino ustalari tomonidan 2002 yaratilgan "Le Boulet"  (taxminiy tarjimasi: "To'rt g'ildirakli texnika") filmida futbochi sifatida qatnashgan. 

Ian Rayt (angliyalik sobiq futbolchi) - IMDB portali malumotiga ko'ra, 10ga yaqin film va seriallarda epizodik rollarni ijro qilgan.

David Jinola (franciyalik sobiq yarim himoyachi) - 2005 yil ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi "Oxirgi tomchi" kinofilmida snayper rolini o'ynagan. SHuningdek, u qisqa metrajli filmlarda ham qatnashgan.

Sten Kollimor (angliyalik sobiq futbolchi) - "Asosiy istinkt 2" (2006) filmida Kevin Frenks epizodik rolini o'ynagan.

Karlo Anchelotti (italiyalik sobiq futbolchi, hozirda "Everton" ustozi) - 1984 yil ishlangan "Don Kamillo" filmida futbolchi sifatida epizodik rolda qatnashgan.

Karlos Valderrama (kolumbiyalik sobiq futbolchi, hozirda "Atletiko Xunior"da yordamchi murabbiy) - "Sayoxat 2"da (2012) epizodik rolni va 2014 yil suratga olingan "Por un puñado de pelos" (taxminiy tarjimasi: "Soch tolalari uchun") komediyasida argentinalik millionerni gavdalantirgan.

Pol Braytner (germaniyalik sobiq futbolchi) - "Leytenant slaydning xatosi"da (1976) bosh rollardan birini ijro etgan. SHuningdek, IMDB malumotiga ko'ra yana ikki filmda ko'rinish bergan.

Jon Karyu (norvegiyalik sobiq forvard, hozirda kino olamida faoliyat olib bormoqda) - kino olamiga 2014 yil kirib kelgan. "Hovdinger"da (2014, taxminiy tarjimasi: "Jin ursin, bu nima anglatishini bilmaymiz") bosh qahramonlardan biri Igor hamda "Malefisenta 2: Zulmat malikasi"da (2019) Jungli jangchisi personajlari uning eng esda qolarli rollaridan hisoblanadi.

+BONUS

Terri Anri (franciyalik sobiq forvard, hozirda "Monreal Impakt" ustozi) - "Anturaj" (2015) komediyasining kichik bir lavhasida paydo bo'lgan.

Andres Inesta ("Vissel Kobe"da o'ynayotgan ispaniyalik xavbek) - 2012 yil Sony Pictures Animation tomonidan ishlangan "Qaroqchilar! Omadsizlar guruhi" multfilmida Albino personajiga ovoz bergan.


Akmurzaev Eldor tayyorladi

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика