Kin: “Liverpul” va “Tottenhem” uchun 10 yilda bitta kubokni qo'lga kiritish-sharmandalik”
15 fev 2018 23:59
Yangiliklar


Kin: “Liverpul” va “Tottenhem” uchun 10 yilda bitta kubokni qo'lga kiritish-sharmandalik”
“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kinning aytishicha, “Liverpul” va “Tottenhem” klublari so'nggi yillarda ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritishlari lozim edi.
So'nggi 10 yilda ushbu klublar faqatgina bitta sovringa ega chiqishgan: 2012 yilda “Liverpul”, 2008 yili “Tottenhem” Angliya liga kubogida g'olib chiqishgan.
“O'ylashimcha, ushbu klublar uchun 10 yil mobaynida atigi bittadan sovrinni qo'lga kiritish – bu sharmandalik. Bundan tarkib bilan bu jamoalar muntazam ravishda CHempionlar ligasi pley off bosqichiga yo'l olishi, Angliya kubogi va Liga kubogida g'olib chiqishi lozim”, deya Kinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Sun nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar