So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

“Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi...” Yangiliklar

“Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi...”

Teglar :  Top klublar
Millionlar o'yni bo'lmish futbolga “kasal” bo'lganlar yurtimizda ham etarlicha topiladi.

“Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi...” deganlaridek, kimga muxlislik qilishni hamma o'zi tanlaydi. Lekin jamoa muxlislari “Arsenal” yoki “Milan”ni top-klub deyishganda bazilarning “ensasi qotadi”. Xo'sh, top-klub o'zi qanday bo'lishi kerak? Qaysi jamoalarni top darajada deya olamiz?

Top-klub o'zi nima bilasizmi?
Bunday masuliyatli vazifaga kirishar ekanmiz, nomzodlarni sanab o'tishdan avval, mayda detallarga etibor berib o'tsak to'g'ri bo'lardi.

CHindan ham “Arsenal” necha yillardan beri APL chempioni bo'la olmayapti, ammo jamoa hamon top bo'lmasligi mumkin, ammo o'sha atrofda “yuradi”. Endi 2016 yil APL chempioni bo'lgan “Lester”ni yodga oling. Muvaffaqiyatli mavsumga qaramasdan, jamoani top-klub deyishga “til bormaydi”. Ha, o'sha yili jamoa ajoyib o'yin ko'rsatgandi, zo'r o'ynagandi, ammo undan ortig'i emas. “Kanonir”lar esa, o'sha “Inter” yoki shunga o'xshash jamoa kabi, uzoq yillardan buyon muxlislar diqqat markazida bo'ladi. Ularda asos bor, “fundament” bor. Bu jamoalarni butun dunyoda bilishadi, hurmat qilishadi, aytishadi-ku “avtoriteti” bor. SHu o'rinda klubning, moddiy imkoniyatlari, infrastrukturasi, mashhur o'yinchilarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Bu jihatlar ham zamonaviy futbolda juda muhim. “Fundament”siz top-klub bo'lishning iloji yo'q. Ammo shu narsalarga ega bo'lib turib ham top darajaga chiqa olmaslikni inkor etmaymiz. Bunga jahon futbolida misollar etarli. Sababi, jamoa chempionlik, yuqori o'rinlarga muntazam davogarlar qatorida bo'lishi zarur. CHempionlar Ligasida ishtirok etish, ishtirok etganda ham har safar uzoqroqqa etib borishi kerak. Bu esa nomzodlar ro'yxatini keskin qisqartiradi.

SHu tariqa, hozirda jamoalarni o'ziga xos uch guruhga bo'lishimiz mumkin: shubhasiz grandlar, top bo'lishga nomzodlar va baho berish mushkul bo'lgan uchinchi guruh vakillari. O'sha vaziyati biroz tushunarsiz bo'lgan guruh vakillari so'nggi mavsumlardagi omadsiz ishtiroklari bilan, menejment va klub imidji borasida olib borilgan ishlar sababli o'zlarini pastroqda ko'rmoqdalar. Albatta, bir-ikki xato, yoki omadsizlik tufayli jamoani endi u top emas deb bo'lmaydi. Bu omadsizliklar odatga aylanib qolgan taqdirda jamoaning egallab turgan o'rni o'zgaradi. Bu futbol! Unda kutilmagan voqealar ro'y berishi hech gap emas.

SHUBHASIZ TOP-KLUBLAR
“Real”. Ha, oxirgi vaqtlarda jamoani omad tark etgandek. Ammo xattoki “qaymoqranglilar”ning ashaddiy raqibi “Barselona” klubi muxlislari ham “Real Madrid” top jamoa ekanligini inkor etishmasa kerak. CHempionlar Ligasining oxirgi ikki mavsumi g'olibi Ispaniyaning amaldagi chempioni uzoq yillar avval top darajaga chiqib ulgurgan va u erda mustahkam joylashib olgan. Yangi asr boshlarida madridliklar omadsiz davrni boshdan kechirishdi. Jamoa CHempionlar Ligasi pley-offining dastlabki bosqichlaridan (aksariyatida “Lion” jamoasiga imkoniyatni boy berib) musobaqani tark etaverishdi. Ammo jamoa omadsizliklarni ortda qoldira oldi. 2010 yildan boshlab “Madrid” muntazam ravishda o'zi ishtirok etadigan musobaqalarda chempionlik uchun kurashmoqda.  

“Barselona”. Ichki chempionatda so'nggi yillarni (6-7 mavsum) inobatga olsak, “Real”dan ham omadli ishtirok etayotgan “Barsa”, CHempionlar Ligasida ham “Real”dan avvalgi g'olib aynan kataloniyaliklar bo'ladi. Jamoa tarkibidi zamonamizning ikki eng yaxshi futbolchisidan biri harakat qilishini ham unutmang. “Barsa” – shubhasiz grand.


“Bavariya”. XXI asrning ikkinchi o'n yilligida vujudga kelgan o'ziga xos “uchlik”ning so'nggi vakili (Ispaniyaning ikki jamoasidan so'ng) aynan “Bavariya”dir. Myunxenliklar faqatgina avvalgi mavsum ECHLda kuchli to'rtlikka kira olishmadi. SHunchaki, ular chorak finaldayoq “Real”ga to'g'ri kelib qolishdi. Bungacha esa “Bavariya” odatga aylanib aylangan ritmda ortiqcha qiyinchiliklarsiz yarim finalgacha etib borayotgandi. 2013 yilda nemislar bir yo'la musobaqada zafar quchishga ham muvaffaq bo'lishgandi. Ichki chempionatda esa qachon “Bavariya”ga chinakamiga munosib (oxirigacha, chinakamiga chempionlik uchun kurashadigan) raqib chiqarkin deb kutiladi. “Borussiya” klubi va jamoa muxlislarini hurmat qilgan holda, dortmundliklar ham uzoq masofada qaraydigan bo'lsak, “Bavariya”ga raqiblik qila olmayotganini ko'ramiz.

“Yuventus”. CHamamda, yuqorida aytgan “kuchli uchlik”ni kvartetga aylantirish vaqti keldi. “Yuventus” nomzodgina emas, bugunning o'zida top-klub deyishga loyiq jamoa. CHunki birinchidan, A Seriyadagi gegemonlik; ikkinchidan, CHempionlar Ligasining so'nggi uch mavsumida ikki final. Ko'rib turganingizdek, “Yuventus” barcha musobaqalarda g'oliblik uchun davogarlar qatorida albatta bo'ladi. Faqat qog'ozda emas, amalda ham.


Nomzodlar
Bu jamoalarni o'ziga xos turnir jadvaliga joylashtiradigan bo'lsak, “Real”, “Barsa”, “Bavariya” va “Yuventus” – bu “CHempionlar Ligasi zonasi”, qolganlar keyingi o'rinlar uchun kurashmoqda. Kimdir yuqoridagi “to'rtlikka” yaqinlashsa, kimdir pastga qarab ketmoqda. Ular bir kategoriya vakillari, ammo turli xil.

“Manchester Siti”. “SHaharliklar” eng kuchlilar orasida bo'lish uchun barsa ishni qilishmoqda. Tarkibda yulduzlar, yulduzlarni almashtirishi to'xtamayapti. Zaxirada ham uncha-muncha jamoada etakchi bo'la oladigan yigitlar o'tirganini ham etirof etish lozim. Pul bilan umuman muammo yo'q. Arab shayxlari Pep va klub xodimlari og'zidan chiqqan pulni muhayyo qilmoqda. Lekin bir muammo bor – jamoada sovrinlar hali unchalik ko'p emas. Xop, APL qolgan chempionatlar – La Liga, A Seriyasi va Bundesligadan murosasizroq, Angliyada g'olib chiqish qiyinroq deylik. Ammo top bo'laman degan klub, muntazam “kuchli uchlik”ka kirishi kerak. “Siti” bu ishni uddalay olmoqda, bu yil esa chempionlik ulardan qochib ham qutula olmaydiganga o'xshab qoldi. Raqiblar bir-birini “go'shini eb yotganda”, Pep rotaciyani kanda qilmay ham, uch ochkolarni taxlamoqda. Ammo endi xalqaro arenada ham muvaffaqiyatlar zarur. Biroq “Siti” har mavsum nimadir bo'lib, ECHLda so'nggi bosqichlarga eta olmay qolmoqda. Bu yil jamoa chindan kuchli o'yin namoyish qilayotgani, pley-off dastlabki bosqichida nisbatan kuchsiz raqib tushganini inobatga olib, balki bu yil CHempionlar Ligasida ham ishlar yurishib qolar deb, kuzatishda davom etamiz.  

PSJ. Parij - sevgi shahri deyishadi. Ana o'sha shaharliklar Franciyada shubhasiz favorit va chempionlik uchun asosiy nomzod hisoblanishadi. So'nggi yillarda ko'pincha aynan ular yakunda chempion bo'lib ham chiqmoqda. Ammo o'tgan yili CHempionlar Ligasidagi kurashga berilib ketgan PSJ ichki chempionatda “Monako”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
CHempionlar Ligasidagi alamli, tarixiy mag'lubiyatni esa futbol dunyosi hali uzoq yillar eslab yurishi aniq. Hozirda Parijni olg'a boshlayotgan Neymar o'tgan yil, “Barsa”ning o'sha aqlbovar qilmas g'alabasida bosh rollarning birini ijro etib bergani hech kimga sir emas. SHuningdek, chempionatda poytaxtliklarni “dodini” bergan Mbappe ham endi PSJ sharafini himoya qilyapti. “Siti” kabi CHempionlar Ligasidagi g'alabalar PSJni chinakamiga top-klublar qatoriga qo'shishimizga sabab bo'la oladi. Ammo hozircha biroz vaqtlidek.

“Manchester Yunayted”. Jamoa muxlislari xafa bo'lishmasinu, Ser Aleks ketgandan keyin “qizil iblislar”ning “ketmoni” uchmay qoldi. To'g'rida, iblisda ketmon nima qilsin dersiz, ammo... So'nggi mavsumlar MYU har qancha harakat qilmasin, arzigulik natijalar, aniqrog'i sovrinlar jamoa muzeyidan joy olishni istamayotgandek. Ha, Mour bir necha yil oldin, nazariga ilmagan Evropa Ligasi bosh sovrini qo'lga kiritilgani yodimizda. Ammo sobiq UEFA kubogi bilan qitaning grandlari qatoridan joy olishmaydi. Eslab o'tganimiz, Aleks Fergyuson tahminan 10 yil davomida jamoani shubhasiz grandlar qatorida olib yura oldi. Hozir o'sha maqomni qaytarish kerak. Kim biladi deysiz, balki Evropa Ligasidagi g'alaba, klub tarixidagi yana bir omadli davrning boshlang'ich nuqtasi bo'lib xizmat qilar.

“CHelsi”. Inglizlar orasidagilardan Evropada zafar quchgan so'nggi jamoa bu aynan Londonning “CHelsi”sidir. Ammo bu voqea amalga oshganiga ham olti yil bo'libdi. O'tgan vaqt davomida “CHelsi” ikki bor APLda chempion bo'ldi, biroq ularning orasida o'ta omadsiz mavsum va 10-o'rin bo'lganini ham yoddan chiqarmang. Ha, bu londonliklarni nomzodlar qatoridan chiqarib yubormaydi, ammo hozircha “top”lar safiga ham qo'shib bo'lmaydi.

“Atletiko”. Madridliklar oxirgi yillarda chinakamiga kuchaydilar. Orada xattoki “Yuventus”ning o'rnida bo'lishga ulgurishdi. Ular ham turinliklarga o'xshab, ikki bor CHempionlar Ligasi finalida mag'lub bo'lishdi. Ichki chempionatda bir mavsumga bo'lsa ham, “Real” va “Barsa”ni ortda qoldirib, chempion bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Klubni yuqoriroqda ko'rishimiz hech gap emasdi, ammo hozir jamoa kichik inqirozdan chiqib ketish harakatida. CHempionlar Ligasida “Korabog'” bilan ikki durrang va ECHLda guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashish “Atletiko”ga yarashmasligi aniq.

“Tottenxem”. “SHporlar” o'zlarining hozirda tutgan o'rinlaridan mamnun bo'lishsa arziydi. Sababi bir necha yil oldin ham klubni qaysi guruhga qo'shishni bilib bo'lmasdi. Tarkibda o'zini ko'rsatib, yulduzga aylanayotgan o'yinchilar katta pul evaziga jamoani tark etardi va yangi cikl boshlanardi. Hozir jamoa APLda kamida top-6ga kiradi. Tarkibda nafaqat ajoyib futbolchilar bor, u erda tarixdagi eng yaxshi to'purar harakat qilayotganini ham alohida takidlash lozim.  “Tottenxem”ga ham sovrinlar etishmovchiligi pand beradi, ammo shunda ham jamoani nomzodlorlar qatoriga bemalol qo'sha olamiz.

“Liverpul”. “Liverpul” muzeyidan istagan turdagi, istagan sovrindan topa olasiz, biroq ular qachon qo'lga kiritilgandi? “Yangilaridan yo'qmi”, deyiladiku qiziqchilarga. “Qizillar”da ham shunday, “yangisidan yo'q”. SHunga qaramay, Klopp shogirdlari CHempionlar Ligasida o'ynamoqda. O'ynaganda ham, juda quvnoq futbol namoyish etmoqda. Bugungi kunda muxlislar “Liver” o'yinini ko'rib, zerikib qolmasliklari turgan gap. Jamoa ECHLda pley-off bosqichiga chiqishni ham uddaladi. Ammo jamoaga ko'p hollarda himoyadagi muammolar pand bermoqda. Oldindagilar muxlislarni xursand qilib, biri-biridan chiroyli gollarni urmoqda, ammo orqada... shu sabab, APL autsayderlari ham bazan gollar urib tashalmoqda. Biz ko'rgan narsani tajribali Klopp va klub rahbarlari ham ko'rib turgan bo'lsa kerak. Ko'ramiz, muammoni hal qilish yo'lida qanday ishlar amalga oshirilar ekan. Hozir transfer oynasi ochiq, balki Van Deykdan tashqari yana yangi futbolchilar jamoa himoyasi, darvoza chizig'ini kuchaytirar.
“Arsenal”.  Ha, istaganingizcha xayron bo'ling, ammo “Arsenal” bu safar to'rtinchi emas. Bu ro'yxatda jamoa bir oz pastroqdan joy olmoqda. So'nggi mavsumda Arsen Venger va jamoasi barchani “shokka” tushirib, ananaviy “to'rtinchi o'rinni” egallay olishmadi va ECHLdan chetda qolishdi. “Arsenal” nechchi yildan beri sovrin yutmayapti, desangiz, klub muxlislari “zato” “to'potarlar” 20 yil ketma-ket CHempionlar Ligasida ishtirok etganini aytishsa, xayron bo'lmang. CHimndan, boshqalar nechinchi o'rinni egallasa ham, “Arsenal” to'rtinchi o'rin, pley-off bosqichi va “Salom, ECHL” deb har yil guruh bosqichiga chiqaverishgan. Taqsinga loyiq natija, ammo klub chinakamiga grand bo'lmoqchi bo'lsa, sovrinlar yutishi zarur.

Uchinchi guruh
Sizlarni qaerga qo'shaylik? Bu guruhdagi jamoalarni shubhasiz grandlikka nomzodlar qatoriga qo'shish mumkin, biroq...
“Napoli”. Italiyaning so'nggi yillardagi eng yaxshi jamoalaridan biri. Jamoa bu yil chempionatda ham “Yuventus”ga chinakamiga qarshi chiqmoqda. Ammo neapolliklarga kubokdan boshqa, salmoqliroq natija zarur. Masalan, A seriyadagi g'alaba. Va shu mavsum jamoa bunga har qachongidan ham yaqin kelgan. Ko'ramiz, kuzatamiz.
“Borussiya Dortmund”. Dortmundliklar g'alabalar, katta g'alabalar tamini yaxshi bilishadi. Jamoani Yurgen Klopp boshqargan vaqtlarda klub Evropadagi eng zo'rlaridan biri edi. Hozir esa, “arilar” ishi biroz yurishmayapti. CHempionatda yana o'sha “Bavariya” kislorod yo'lini to'sib qo'ygan bo'lsa, xalqaro arenada katta natijaga erishish qiyin bo'lmoqda. Bu yil esa “Real” va “Tottenxem” bilan bir guruhga tushib qolgan nemislar, xattoki pley-offga ham chiqa olishmadi.


“Valensiya”. Bir necha yil avval aynan “Valensiya” La Liganing uchinchi kuchi hisoblanardi. XXI asr boshida esa – shubhasiz qita grandlaridan biri, ammo hozir unday emas. SHunday bo'lsada, bu mavsumda jamoa yana o'sha kuchli “Valensiya”ni yodga solib yubormoqda. Yakunda “ko'rshapalaklar” nechinchi o'rinda bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

“Inter”. “Valensiya” tomon aytilgan gaplarni italiyaliklar adresiga ham yo'llasa bo'laveradi. “Inter” yaqin o'tmishda, Joze Mour bilan Evropaning eng kuchli klubi nomiga ega chiqqandi. Sovrinlarni taxlab tashlayotgandi, biroq keyin Mour ketti va zafarli onlar ham milanliklarni tark etdi. Uzoq harakatlardan so'ng, bu yil Spaletti boshchiligida jamoa muxlislar kutgan o'yinni namoyish qila olayapti. Bu nima – “qayta tirilish”mi yoki shunchaki o'tkinchi holat?  
Nima bo'lganda ham futbolga muxlislik qilishda davom eting. Qiyin kunlarda jamoangizni tashlab ketmang, kim biladi deysiz, balki hozir xattoki nomzodlar qatoriga kirmagan, uchinchi guruh vakili yaqin kelajakda TOP jamoaga aylanishga muvaffaq bo'lar...    

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика