So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Kimga pulitcer, kimga “oltin qalam”. Kim o'ziga ishonadi va kimda istak kuchliroq Yangiliklar

Kimga pulitcer, kimga “oltin qalam”. Kim o'ziga ishonadi va kimda istak kuchliroq

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Hayotimda o'zimni kechirishim qiyinroq bo'lgan ishlar bor, shulardan biri “Oltin qalam” uchun ariza topshirganim.

Faqat 1 marta shunday ishga qo'l urganman, unda ham o'z xohishim bilan emas, men uchun qadrdon insonning maslahati bilan. “Sokker klub”, “Evrotaym” kabi loyihalarim, yoshlar futboliga bag'ishlangan ko'rsatuvlarim bor edi, maqolalarim tinimsiz chiqib turardi. Negadir ishonganman adolat bo'lishiga. Yakunda mening ko'rsatuvim uchun lavha tayyorlaydigan do'stimizga 2-o'rin, “O'zbekiston futboli” gazetasiga matn yozib turadiganiga 3-o'rin, qo'shiqchilarga sher yozib turadigan tanishimizga 1-o'rin nasib qilgan. Keyinroq men topshirgan fayl hatto ochib ko'rilmaganiga va hammasi oldindan reja qilinganiga amin bo'lganman.

Buni nolish o'rnida ko'rmang, bu shunchaki men chiqargan xulosa. O'sha-o'sha qandaydir rangdagi qalam yoki ruchkaga hojat qolmagan. Aytaylik, Xayrulla Hamidov, Zafar Imomxo'jaev, Davron Fayziev yoki boshqa tajribalilar g'oliblikni ilib ketsa, boshqa gap. Ular sohasining oldi insonlari. Biroq o'z kuchim va imkoniyatlarimni bilgan odam sifatida va ayniqsa, sovrindorlar bilan juda yaxshi tanishligim, ularning kuchini chamalay olgan inson sifatida mehnatimga achinganman. Menga o'sha sovrindorlarning yonimda uyalib turishi nisbatan kattaroq yutuq.

Dunyoga mashhur Pulitcer taqdirlash marosimi bor, yilning eng oldi jurnalistlari saralab olinadi. Bilishimcha, jurnalistlar ko'rsatuvlarini diskka yozib, maqolalarini faylga solib bormaydi komissiyaga. Komissiyaning o'zi yil davomida OAVni monitoring qilib boradi, ovoz berishlar bo'lishi mumkin va hokazo. Yilning yoki oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun futbolchining o'zi ariza olib kelmaganidek gap bu. Bizda esa mezonlar g'alati. SHuning uchun ham xizmat ko'rsatgan artistidan tortib, madaniyat arbobiga qadar u qadar qiziqtirmaydi meni. Bazida dodam o'z qadrdonlarini unvon va ordenlarini sanab tanishtirsalar, menga erishdek tuyuladi. Sanatda SHerali yoki Yulduzga, suxandonlikda SHuhrat Qayumov yoki Abdumo'min O'tbosarovga, shoirlikda Abdulla Oripov yoki Muhammad Yusufga unvon kerak emas. Xalq ularni shundoq ham yaxshi ko'raveradi. Xuddi men dodamni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, deb emas, O'zbekistonning eng yaxshi sport sharhlovchisi deb bilganim kabi. CHunki hozirning o'zida ko'ksimga 10 ta orden ilib qo'yganingiz bilan, shu turishimda Davlat aka Turdalievning yaqiniga ham yo'lay olmaganim kabi. Qachondir O'zbekiston ham o'z pulitceriga ega bo'ladigan davrlar keladi. Ungacha hech narsa kerak emas.  

Futbol saytida bu postga nima hojat deysizmi? SHunchaki O'FF 90 foiz ishchisini almashtirayotgani va yangilarni qabul qilish istagida ekani haqida o'qidim. Agar O'FF ayrim bo'limlarida malakali kadrlarni ko'rishni istasa, ularning hammasi ham ariza ko'tarib bormasligi mumkin, demoqchiman. Aytaylik, men Sanat SHaripov va Alisher Nikimbaev bir-biri bilan zo'r chiqishadi, deb o'ylamayman, bu shaxsiy fikrim. Ammo har ikkisi o'z yo'nalishi bo'yicha raqobatchilaridan oldinroqda bo'lishi katta ehtimol. Masalan, bir tashkilotning ikki odami bir-biri bilan apoq-chapoq bo'lishi u qadar shart emas. Muhimi - kasbini bilsin, unga nimadir bera olsin, vakolatlaridan chetga chiqmasin va halol ishlasin. Biroq SHaripov sport yuristi sifatida olgan diplomini O'FF kadrlar bo'limiga olib bormasligi, Nikimbaev ularga o'zini tasviya qilmasligi mumkin. CHunki ular o'ziga ishonadi, agar o'sha kadrlar futbol odamlari bo'lsa (ichidagilar bo'lishi shart emas), OAVni kuzatib tursa, kimning imkoniyatlari qanday ekanini biladi. Yana ko'plab misollar keltirish mumkin. Baxtiyor SHirinov PFLning futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'limiga juda mos keladi deylik. CHunki deyarli hammani biladi (kim yoshini kichraytirganiga qadar). Men shu erda to'xtayman, aytmoqchi bo'lganim, federaciyaning ichida bo'lmagan va ammo unga foyda keltirishi mumkin bo'lganlar bor. SHunchaki bu borada talab qanday ekani qiziq. Avvalgilardan kimdir kelgusida ham nimagadir aralashadimi yoki yangilarning o'zi hal qiladimi - shunisi muhim. Men buni eski rahbariyatdan qolib kelayotgan yana uch kishining kelgusi taqdiridan keyin o'zim uchun bilib olaman.

Futbol yoki jurnalistikadan uzoqroqda yursa-da, uni soha kishilaridan kam bilmaydigan kadrlar borligiga ishonaman. Demak, tanlov ham kerak, albatta. Balki qarashlarim noto'g'ridir, ammo o'zini hurmat qilgan va sohasida oldi intilayotgan kishilarning yaxshi bir kasbi, daromad manbai allaqachon bor bo'lishi katta ehtimol. Qarashlari g'arbdan andoza olgan kompaniya va firmalar ularni bo'sh yurishiga qo'ymaydi. Bunday kadrlar o'zini eng yaxshilikka, nima uchundir moslikka tavsiya etmas, ammo sharoiti to'g'ri kelsa va taklif bo'lsa, aqli etadigan sohani rivojlantirishdan qochmaydi. Va aynan shunday kishilar, salohiyati etmaydigan ishga qadam bosmaslikni ham biladi (nima qilib bo'lsa-da federaciyada ishlashim kerak deb o'ylaydigan odamlardan o'zi asrasin, men ularga ishonmayman).

Bir sohaning ikki vakili sifatida Nikimbaev va Tolibjonovni solishtirib ko'ring. Til bilishiga qarang, xorijda ishlash tajribasini ko'ring, qilgan va qila oladigan ishlarini chamalang va o'zingiz xulosa chiqaring. Agar mezonlarimizda adolat yotgan bo'lsa, kimdir kimningdir “qora ro'yxat”iga tushib qolmagan bo'lsa, sohani biladigan kishilarga etibor berish progressga olib kelishi mumkin.  

O'zimni taklif qilyapmanmi? Darhol shunday o'ylaganlar uchun aytaman, qo'limdan keladigan va aqlim etmaydigan ishlarni taxminan bilaman. So'nggi  1 yil shaxsiy hayotimdagi, kasbimdagi o'zgarishlar faqat va faqat ijobiy tomonga bo'ldiki, men bundan mamnunman. Futbol ichiga “Lokomotiv” orqali kirib, 2 oyda o'rnimni bo'shatishimga to'g'ri keldi. Ayrim odamlar futbolda bor ekan, unga qaytish shart emas, deb o'yladim.

Bu shunday narsaki, futbolga yordam berish uchun albatta uning ichida bo'lish shart emas. Qanday takliflaringiz bor deb so'rashganida, men uni yozma ravishda yozib bermadim. CHunki buning uchun oylik ham olmayman, rahmat ham eshitmayman. Taklifni alohida yozib berish masuliyatini federaciyadan maosh olayotganlarga qoldirgan maqul, bu ularning vazifasi. Biz esa takliflarimizni hamma ko'ra oladigan joyga tirkab qo'yaveramiz. U chindan ham kimgadir kerak bo'lsa, shunchaki OAVni kuzatishning o'zi kifoya. Uni kuzatmaydigan rahbarlar futbolni “o'ldirdi”, yangilari bundan xulosa chiqarishi kerak.

Ha, aytgancha, sarlavhadan kelib chiqib yakunlashim kerak. Umid Ahmadjonov yaxshi kadr bo'lgani uchun ko'tarilaverdi. Dzyudo federaciyasidan tortib, MOQni aylanib, “Paxtakor”ni ko'rib, keyin O'FF tepasiga keldi. Yordamchilari ham shunday. Aytmoqchimanki, ularning o'zi ish so'rab borgani uchun qadr topmadi, o'z ishida o'zini ko'rsatgani uchun rag'batlantirildi. Pulitcer ham deyarli shunga o'xshaydi. Bizda esa hozircha hammasi qandaydir mo'yqalam.  


Muallif :
Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика