So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Kim Sang Sik: "K-1 Liga sharafini himoya qilish uchun borimizni beramiz" Yangiliklar

Kim Sang Sik: "K-1 Liga sharafini himoya qilish uchun borimizni beramiz"

Xabaringiz bor, ertadan poytaxtimiz Osiyo chempionlar ligasi H va I guruhi uchrashuvlariga mezbonlik qiladi.

Bugun dastlabki tur bahslari oldidan «Bunyodkor» stadionida «H» guruh jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda "CHonbuk Motors" klubi bosh murabbiyi Kim Sang Sik va futbolchi Xon Jon Xo fikrlarini bildirib o'tdi.

"OCHLda har mavsum ishtirok etish biz uchun katta sharaf hisoblanadi. Birinchi o'yin doim qiyin o'tadi. Biz ertaga eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishga harakat qilamiz. Har bir uchrashuvda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz",- deydi Kim Sang Sik.

"Men o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Bu erga moslashish yaxshi ketyapti. Bir haftadan beri mashg'ulot o'tkazmoqdamiz. O'ylamanki, ertaga g'alaba qozonishni uddasidan chiqamiz",- deydi Xon Jon Xo.


- Jamoa o'tgan mavsum OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok eta olmagandi. Buning sababi nimada edi? Joriy yilgi musobaqada qanday maqsadlar qo'yilgan?

- O'tgan yili Qatarda o'tkazilgan musobaqaga chempionatimizni endi yakunlab borgan edik. SHuningdek terma jamoa yig'inlari sabab tarkibimiz to'liq bo'lmagandi. Bu yil esa vaziyat boshqacha. Toshkentga iloji boricha barcha futbolchilarimizni olib keldik. Hammasini holati yaxshi. OCHLda chempionatimiz sharafini munosib himoya qilish uchun borimizni beramiz.

- Raqib jamoa "CHiangray Yunayted" haqida fikringiz qanday? 

- Raqib ishtirokidagi ko'pgina uchrashuvlarni kuzatdim. Juda yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida mahoratli va  istalgan vaziyatni golga aylantiradigan futbolchilar bor. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика