So’nggi yangiliklar

00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

Kim qanchaga arziydi? Yangiliklar

Kim qanchaga arziydi?

Issiq kunlar yaqinlashgani sari, turli transferlar haqida gap-so'zlar ham ko'payaveradi.

Bugun amalga oshishi mumkin bo'lgan, ammo narxi aslidan qimmatroq bo'lib ketishi kutilayotgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

Qaerga qaramang, ha, yaxshi ammo nisbatan o'rtamiyona futbolchilar ham 100 milliondan qimmat bo'lib ketdi. Eng qizig'i, yaqinda agent MYU Pogbani arzonga sotib olgani va bugungi narx-navolarda francuz 100 emas, 200 million turishini aytib o'tdi. Odamlar pulni ko'chadan supurib olayaptimi, narxlar yillar sayin emas, hafta sayin oshib ketmoqda. Ammo futbolchining narxi – shartnomada yozilgan summa! Sportchi maydondagi o'yini bilan uni oqlaydimi-yo'qmi u endi boshqa masala bo'lib qoldi. SHu o'rinda, takidlab o'tamiz, futbolka sotish, reklama yoki yana boshqa yo'llar bilan futbolchi klubga daromad olib kelishini nazarda tutmayapmiz. Futbolchini birinchi navbatda uning iqtidori, imkoniyatlari va maydonda keltira oluvchi foydasi tufayli jamoaga taklif etiladi. Har holda shunday bo'lishi lozim.
Iqtidoriga tan bergan va muxlislaridan avvaldan uzr so'ragan holda aytamizki, Neymar 222 mln evro turmaydi! Va tabiiyki, undan qimmatroq ham (agar PSJni tark etadigan bo'lsa), shuningdek, Pogba ham jismoniy ko'rsatkichlari, ajoyib paslari va yana bir qator jihatlarni inobatga olganda ham 105 mln evroga arzimaydi. Buni u MYU tarkibidagi qator uchrashuvlarda isbotlab ham qo'yib ulgurdi. U yaxshi futbolchi, u ajoyib o'yinchi, ammo bazilar umri davomida ishlab topa olmaydigan bu summaga arziydigan darajada emas. Bu nafaqat mening shaxsiy fikrim, balki bir qator futbol afsonalari – Skoulz, Feller, Mixaylovich, Platini va Xaynkes ham shu haqida gapirib o'tishgan. Biroq bugungi kun “bozor iqtisodiyoti” shundayki, har qanday klub sal nazarga tushib qolgan futbolchisi uchun bo'sa-bo'lsin qabilida, kamida 100 million so'ramoqda.
Keyn, Grizmann va Dibala kabi chinakam iqtidor sohiblari va mana bir necha mavsumdan buyon stabil o'yin namoish qilayotganlar bilan birgalikda, PR agentlari yaxshi ishlayotgan va millionlarga sotib olinayotgan futbolchilar ham etishib chiqmoqda, lekin moliyalashtirilgan summa qanchalik foyda keltirishi mavhumligicha qolib ketmoqda.


Timo Verner (“Leypcig”)
Levandovski “Bavariya”dan ketamanga tushib qolgan, klub unga o'rinbosar qidirish bilan band. O'yin va taktik tanlovlar bo'yicha Germaniyaning bir necha karra chempioniga mos tushmasada, Verner varianti favoritlar qatorida. To'g'ri, balki yangi murabbiy kelgach, aynan Timo tipidagi futbolchiga extiyoj paydo bo'lar, ammo nima bo'lganda ham u 100 mln evro va undan qimmat turmaydi. Ha, Rossiyada bo'lajak JCH dan so'ng, uning narxi yanada oshib ketishi mumkin, ammo “Bavariya” fikridan qaytgani va Verner uchun 100 mln to'lamagani maqul.
Timo u qadar qimmat turmasligi sabablari: ulkan tajriba va etakchilik xususiyatlari yo'qligi, muxlislar auditoriyasida ham u qadar mashhur emas – Verner orqali pul ishlab topish mushkul vazifa, Timo futbolni yaxshi o'ynay oladigan, oddiy nemis yigiti. CHamasi 50-60 mln evroga sotib olsa arziydi, ammo “Leypcig” istayotganidek yuz millionga emas.  


Marko Verratti (PSJ)
Hozirgi kunda italiyalik yarim himoyachiga xaridorlar biroz kamayib qolgandek. Sababi, chinakamiga jiddiy o'yinlarda PSJning maydon markazida muammolari borligi yaqqol ko'rinib qoldi. SHunga qaramay, Verrattini hamon o'z tarkibida ko'rishga qarshi bo'lmaganlar ham bor. Misol uchun APL klublari, jumladan MYU. U uchun ham juda katta summadan voz kechishga tayyor “boyvochcha” topilib, Marko tarixda eng qimmat italiyalik futbolchi bo'lishi mumkin.
Marko u qadar qimmat turmasligi sabablari: “Peskara”da o'ynagan paytlarida Verrattini bo'lajak Pirlo deyishgandi, ammo PSJ da u omadsizlar jamoasi vakili bo'lib qoldi. Markoga nafaqat jismoniy ko'rsatkichlar etishmaydi, balki markazdagi futbolchi sifatida fantaziya ham bugungi kun talabi darajasida emas. Markoni “Barselona”ga olishni istashmadi, sababi kataloniyaliklar bu yigit 100 mln evroga arzimaydi deb hisoblashdi.



Yan Oblak (“Atletiko”)
O'tgan yili “Milan” posboni Donnarumma uchun yuz million evro to'lashga tayyorlar borligi haqidagi gaplar tarqalgandi. Keyinroq malum bo'ldiki, “Atletiko” posboni Yan Oblakning tovon puli ham shuncha summa etib belgilab qo'yilgan. SHunda ham sloveniyalik transferi haqida jiddiy o'ylab qoladiganlar topilishi hech gap emas. Ammo qarshimizda ajoyib posbon turganiga qaramay Oblak bunchalik qimmat turmaydi. Futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon hamon Buffon ekanligi tasodif emas. Sababi golkiperlar moliyaviy tomonlama maydon futbolchilari kabi katta foyda keltirmaydi. Vaholanki, darvozabon yarim jamoa deyiladi va o'yin natijasi bevosita aynan ularga bog'liq. SHunda ham 100 mln evro Oblak uchun to'g'ri qaror emas.
Oblak u qadar qimmat turmasligi sabablari: Noyer, De Xea, Buffon klubda ham, termada ham bazan jamoasiga yordam bera olmayotgan bo'lsa, Oblak bo'lg'usi jamoasini – deylik PSJ yoki MYUda, qiyin pallalarda qutqara olishi qanchalik haqiqatga yaqin?

 
Garet Beyl («Real»)
Birinchidan, Garet uchun 100 mln evro to'lab ulgurishgan. Ammo yaqin bir yarim yilda u eng qimmat futbolchidan, bor yo'g'i oltinchi bo'lib qoldi. Ikkinchidan, Beylning o'yiniga qarab, “Real”da Ronalduning o'rnini bemalol bosa oladi degan fikr xayolga kelmayapti – axir klub rahbarlari kelajakda aynan Garet etakchilikni qo'lga olishini niyat qilib, “Tottenxem”ni rozi qilishgandi-ku. Uchinchidan, Beyl deyarli 29 yoshda, ammo hamon u stabil ravishda asosiy tarkibda tushmayapti. Asosiy sabab jarohat dersiz, ammo ularning soni tushunarsiz ravishda juda ko'p bo'lib ketgandek tuyulmaganmi hech? Ispan OAVining so'zlariga ko'ra, Angliyaga qaytishni istayotgan futbolchi jarohatlarining bir qismini o'zi o'ylab topayotganmish. Balki bu shunchaki mish-mishdir, ammo nima bo'lganda ham “jarohatlarni yaxshi ko'radigan” futbolchi 100 mln evro turmaydi.
Garet Beyl u qadar qimmat turmasligi sabablari: kichik jarohatlar va chinakamiga kuchli jamoa etakchisi bo'la olmasligi. Malum vaqt, bir nechta o'yin emas, muntazam ravishda etakchilikni saqlab qola olish qobiliyati yo'qligi. Beyl – kuchli futbolchi, ammo “Real”dagi omadsizliklar unga ruhan zarba bergandek.
Bazan uelslik Benzema axvoliga yaqinlashib borayotgandek – sovrinlari ko'p, statistikasi bilan maqtana oladi, ammo status bo'yicha Ronalduning yaqiniga ham kela olmaydi va ikkinchi marta ikkilanmay 100+ mln evroga sotib olishga arziydigan darajada emas. Futbolchi “Real”ni tark etgani maqul, ammo kelgan narxiga ketishi qiyin bo'ladi.

Robert Levandovski («Bavariya»)
Hamma tushunib turibdiki, Keynni “shporlar” 150-170 milliondan kamiga qo'yib yuborishmaydi. Futbolchi hali yosh va keljakda bundanda yaxshiroq o'yin namoish eta oladi. Ammo Robert uchun 100 million evro nega? “Bavariya” Levandovskini fikridan qaytarishga va klubda olib qolishga urunib ko'radi. Xaynkes hujumchining Germaniya chempionatida hali ko'plab yutuqlarga erishishi mumkinligi haqida bekorga gapirib o'tmadi. Kelajakda Levandovski Bundesligadagi gollar soni bo'yicha Yuppning o'zidan o'zib ketishi mumkin. Ammo kundan-kunga markaziy hujumchi “Real”ga ketishi to'g'risidagi gaplar ko'paymoqda. Aytaylik, Peres savdolashib Benzemani puli ko'p xitoyliklarga 80 mln evroga sotdi ham deylik, ammo “Bavariya”ga kuchli bo'lsada, yoshi o'tib qolgan hujumchi uchun 100 mln evro berish unchalik to'g'ri qaror bo'lmaydi. Yosh futbolchilar uchun katta summa to'lashni tushunish mumkin, ammo Polsha termasi sardori “Real”da o'ynab keta olmasachi? Oddiy misol, Ronaldu bilan til topisha olmasa nima bo'ladi?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика