So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  5 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Kim CHang Bok: "O'zbekistonda murabbiy o'zgardi, demak taktika ham o'zgargan" Yangiliklar

Kim CHang Bok: "O'zbekistonda murabbiy o'zgardi, demak taktika ham o'zgargan"

Teglar :  O'zbekiston MTJKXDR
O'zbekiston - KXDR uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi ishtirok etdi.

"Ertangi bahs ikkala jamoa uchun ham muhim hisoblanadi. KXDR - O'zbekiston uchrashuvdan so'ng juda katta vaqt o'tdi. Bu o'yinga juda jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Biz mana shu tayyorgarlikni yaxshi bo'lganini isbotlash uchun O'zbekistonga keldik", - deydi KXDR bosh murabbiyi Kim CHang Bok.

- Janob murabbiy, O'zbekiston terma jamoasini qanchalik o'rgandingiz? Bahrayn va Filippinga qarshi o'yinlarning videolarini ko'rdingizmi?

- O'zbekistonning KXDRga qarshi o'yinidan so'ng terma jamoaingiz tarkibida o'zgarishlar sodir bo'ldi. Jamoaga 15, 16, 19-raqamli futbolchilar kelib qo'shilishdi. KXDRdagi bahsda asosan faxriy futbolchilar o'ynagandi. Bahrayn va Filippinga qarshi uchrashuvlarda esa ko'plab yoshlar o'ynaganini ko'rdim. Ularning kuchlari 90 daqiqaga etmoqda. Bu shaxsiy fikrim. 

- O'zbekistonning kuchli va kuchsiz tomonlarini ayta olasizmi?

- Terma jamoaning kuchli va kuchiz tomonlarini aytmagan bo'lardim. Avvalgi jamoada urg'u ko'proq maydonning markaziga berilardi. Hozir esa tezkor harakat qilib hujumga o'tishga urinmoqda. Jamoada bosh murabbiy o'zgardi, demak taktika ham o'zgargani aniq. Bundan tashqari O'zbekistonning ustunligi muxlislarda bo'ladi. Ertaga stadionga ko'plab muxlislar kelishi mumkin. Agar bunga qarshi chora topa olsak yaxshi natijaga erisha olamiz.

- Nima uchun KXDR tabiiy maydonlarga ega bo'la turib JCH-2018 saralash o'yinlarini suniy maydonlarda o'tkazmoqda. Bu raqiblarga qarshi o'ziga xos taktikami?

Bu savolga KXDR xalqaro munosabatlar bo'yicha mutaxassis janob CHe javob berdi: Bizning iqlimga tabiiy maysa to'g'ri kelmaydi. To'g'ri bizda tabiiy maydonlar bor, ammo bu stadionlar FIFA tomonidan qabul qilinmaydi. Bu suniy maydon FIFA tomonidan rasman qabul qilingan. SHu sababli ham raqiblarni Pyongyangdagi o'yingohda qabul qilayapmiz.

- Ertaga KXDRni durang qoniqtiradimi?

- Agarda biz ertaga durangga erisha olsak texnik tomondan qoniqarli natija bo'ladi. Sababi uyda O'zbekistonni mag'lub etganmiz, safarda esa durang. Bu texnik tomonlama bizga ustunlik beradi.

- Janob murabbiy, siz o'z murabbiy faoliyatingizda yangiliklardan foydalanib turasizmi yoki odatiy materiallardan foydalanasizmi?

- Raqiblarni o'rganish borasida yangi texnologiyalar bo'yicha futbol Federaciyasida shunday bo'lim bor. Asosan videomateriallar orqali raqiblarni o'rganamiz. Murabbiy o'yinlarni ko'rib o'zi taktika tuzib chiqadi. 


Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика