Kim CHang Bok: "Mag'lubiyatimizga muxlislar ham sababchi bo'lishdi"
12 noy 2015 20:06
Yangiliklar
Kim CHang Bok: "Mag'lubiyatimizga muxlislar ham sababchi bo'lishdi"
"Bugungi uchrashuvda O'zbekiston juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ayniqsa 9 va 11 raqamdagi futbolchilarni alohida takidlagan bo'lardim. Biz tezkor gol urdik, lekin goldan so'ng hujumga o'tish o'rniga himoyada o'ynadik. Aynan mana shu tufayli ham mag'lub bo'ldik deb o'ylayman", - deydi murabbiy.
- KXDR yozda ham O'zbekiston bilan o'ynagandi. O'sha uchrashuvdan so'ng O'zbekiston qanchalik kuchaydi deb o'ylaysiz?
- Agar ikkala o'yinni solishtirsak, tarkibda bir qator yangi futbolchilar bor. Asosiysi bu emas, hozir terma jamoa 90 daqiqa davomida hujum qilish salohiyatiga ega. Hozirgi jamoaning jismoniy tayyorgarligi juda yaxshi.
- Ikkita gol ham tayanch yarim himoyadagi xatolar tufayli o'tkazildi. Bu joyda boshqa futbolchilar ham bormidi yoki bular eng yaxshilarimi?
- Darhaqiqat o'yin uchun tuzgan rejamiz boshqacha edi. Asosiy tarkibdagi 3 nafar futbolchi etarli tayyorgarlik ko'ra olmadi. Avvaldan o'ylab qo'ygan rejamiz amalga oshmadi va biz mag'lub bo'ldik.
- O'yinoldi matbuot anjumanida siz muxlislar ham O'zbekistonning ustun tomoni degandingiz. Bugungi mag'lubiyatga muxlislar qanchalik tasir qilishdi?
- Stadionga kelgan ishqibozlar muhim faktorlardan biri bo'ldi. Ammo mag'lubiyatdagi eng asosiy faktor demagan bo'lardim. Hali imkoniyatimiz bor, shunday ekan biz kurashishda davom etamiz.
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar