So’nggi yangiliklar

01:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Реал" 1:0 (МАТНЛИ ТРАНСЛЯЦИЯ)  152 01:31"Ал Насср" январда Нуньес учун 75+ млн евро ва бонуслар таклиф қилди, аммо...  0 01:00ЕЧЛ. Плей-офф доирасидаги "Спортинг" — "Боруссия Дортмунд" ва "Ювентус" — ПСВ ўйинлари бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 00:55Пеп Гвардиола нега Грилишни асосий таркибга қўйди?  2 00:41ЕЧЛ. ПСЖ "Брест"га қарши плей-оффдаги биринчи ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  16 23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  12 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  9 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  22 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  7 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  4 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  46 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  41 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17

Kilian Mbappe: "Tomoshabinlar stadionga futboldan zavq olgani tashrif buyuradi" Yangiliklar

Kilian Mbappe: "Tomoshabinlar stadionga futboldan zavq olgani tashrif buyuradi"

"Pari Sen-Jermen" yulduzi bilan eksklyuziv intervyu.

Kilian Mbappe 19 yoshida Jahon chempionatida g'olib bo'ldi. Bazilar futbolchi juda erta katta yutuqlarga erishgani sabab, yangi g'alabalar uchun ishtiyoq, intilish bilan muammo bo'ladi va iqtidorli futbolchi "yo'q bo'lib ketadi" deb qo'rqishgandi. Ammo hozircha u to'p tepayotgan PSJ o'tgan mavsumda finalda francuzlarni ranjitgan "Bavariya" bilan to'qnash keladi. Hujumchi hali maqsadlari ko'pligiga ishontirmoqda!

Hozir 22 yoshli hujumchi ECHL tarixida 25 ta gol urishga erishgan eng yosh futbolchi bo'lib turibdi. Va u yangi g'alabalar hamda rekordlarni zabt etish niyatida yonmoqda. "Faoliyatingiz 15 yil davom etadi, - deydi u UEFA.com uchun eksklyuziv intervyusida. - Mana shu 15 yil bor kuchingni berib harakat qil, keyin erishgan yutuqlarni sarhisob qilishga etarlicha vaqting bo'ladi. Va umringning oxirigacha men shunday yutuqlarga erishganman, shunday natijalar qayd etganman...", deyishga imkon bo'ladi.  


Maqsadlari haqida

Men hech qachon futbol tarixida eng zo'ri bo'laman deb aytmaganman, lekin shu bilan birga o'zim uchun qandaydir chegaralarni ham belgilamaganman. Malum darajaga chiqqach, to'xtab qolish niyatida emasman, mehnat qilishda, o'sishda davom etaman. O'z oldimga aniq bir maqsad qo'yib, o'sha nuqtani marra deb bilmayman: "Agar shunday natijaga erishsam, bo'ldi - bu mening maksimumim". Yo'q, men o'sha chegaralarni kengaytirib tashlamoqchiman. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Menimcha, hozircha yomon ketmayapman va faoliyatimning oxirigacha shu yo'lda davom etaman.

Maydon tusharkanman, o'zimga men eng yaxshiman deb uqtiraman. Biroq men [Lionelem] Messi va Krishtianu [Ronaldu] bilan birga o'ynaganman - va ular mendan kuchliroq futbolchilar! Ular mendan milliard marotaba ko'proq ishlarni amalga oshirib ulgurishgan. Lekin boshimning ichida doim bir ovoz yangraydi - men eng yaxshisiman. Ana shunda siz oldingizga qandaydir cheklovlar qo'ymay, ideal holatda bo'lishga intilasiz.


Muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatish haqida

O'zim futbol tomosha qilgani borganimda, chiroyli o'yin ko'rgim kelardi. Bazi futbolchilar bor, ular uchun pul sarflab chipta sotib olishga achinmaysiz. Muxlislar tribunalarga, ularni xursand qilishingiz uchun tashrif buyurishadi. Odamlarning muammosi etarlicha va stadionga ularning yoniga yangi bosh og'riq uchun kelishmaydi. Tomoshabinlar stadionga futboldan zavq olgani tashrif buyuradi.

Futbolda zavq deb nomlanuvchi jihatni unutmaslik muhim. Senga aniq vazifalar yuklansa ham, natija talab qilinsa ham, bu chiroyli o'yinga halaqit qilmasligi zarur. Odamlar shuning uchun futbolga tashrif buyuradi hamda biz maydonga tushamiz.


Motivaciya haqida

Odatda Jahon CHempionatidagi g'alaba futbolchi faoliyatining yuqori cho'qqisi bo'ladi. SHu maqsad yo'lida siz klubda ter to'kib, mehnat qilasiz. Bir necha yil davomida to'p tepib, 27-28 yoshda mundialga yo'l olasiz. Menga esa birdan, 19 yoshimda, ushbu musobaqaga yo'l olish hamda u erda zafar quchish baxti nasib qildi.

Bu tajriba menga keyingi faoliyatimda katta yordam beradi deb o'ylayman. Ishontirib aytamanki, mening vazifam - ikkinchi bor Jahon CHempionatida g'olib bo'lish. Yurtimizda iqtidorlar juda ko'p. Hozir, "A endi, biz g'olib bo'ldik, endi keyingi g'alabani yana 20 yillar kutib turishimiz mumkin", desak katta xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz.


"Bavariya" bilan chorakfinal haqida

CHempionlar Ligasi - o'zgacha musobaqa. Biz undan turli etaplarda chiqib ketganmiz, mag'lubiyat alamini totganmiz. Agar unda g'olib bo'lsak, ajoyib bo'lardi. Klub miqyosida men uchun hech bir sovrin UEFA CHempionlar Ligasi bosh sovrini bilan tenglasha olmaydi. Madhiyada aytilganidek, CHempionlar Ligasi - bu eng yaxshi klublar turniri (les meilleures équipes).

"Bavariya" - top-klub. Biz xotirjamlikni saqlagan holda Myunxenda yaxshi o'yin o'tkazishimiz zarur. Uni barcha intizorlik bilan kutyapti. Bizni ajoyib bellashuv kutmoqda va televizorni yoqishni unutmang. Biz esa yorqin shou ko'rsatib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика