Kilian Mbappe bolalikdagi kumiri kim bo'lganini aytdi
21 jan 2020 10:44
Yangiliklar


Kilian Mbappe bolalikdagi kumiri kim bo'lganini aytdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yoshligida o'yinlarini eng sevib tomosha qilgan futbolchi kim ekanligini aytdi.
"Yoshligimdagi kumirim Zinedin Zidan bo'lgan. O'sha vaqtlarda u Franciyadagi barcha bolalarning eng sevimli o'yinchisi edi. Keyinchalik Krishtianu Ronaldu mening kumirimga aylandi.
Men ushbu mavsumda barcha musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishni xohlayman. PSJ bilan esa CHempionlar Ligasini yutmoqchiman", - deydi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar