Kilian Mbappe AQSH chempionatiga o'tishini istisno qilmadi
19 iyu 2019 12:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/502125_original.jpg)
![](/upload/storage/502125_220.jpg)
Kilian Mbappe AQSH chempionatiga o'tishini istisno qilmadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappega kelgusida faoliyatini MLSga o'tishi borasidagi mish-mishlar haqida savol berishdi.
- Faoliyatingda bundan buyon nima bo'lishini bilmaysan. So'nggi yillarda AQSHga ko'plab futbolchilar Evropadagi faoliyatilaridan so'ng borishmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida Lempard, Jerrard, Ibragimovich va Pirlolarni aytib o'tishim mumkin, - deydi Mbappe.
20 yoshli Mbappe faoliyatini "Monako"da boshlagan va ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2018 yilda "Pari Sen-Jermen"ga ko'chib o'tgan.
Kilian 2017 yildan esa Franciya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.
PSJ forvardi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 59ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol va 12ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar