So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  2 19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  4 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  6 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Kiko Zuniganing Boysundagi uch kuni... FOTOGALEREYA Yangiliklar

Kiko Zuniganing Boysundagi uch kuni... FOTOGALEREYA

Surxondaryoning Boysun tumanida futbolni rivojlantirishga jiddiy ahd qilgan futbol jonkuyarlari va "JFL Tashkent" bilan tashkil etilgan uch kunlik master klass tadbiri o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston bo'ylab bolalar futboliga turtki beruvchi bu loyiha to'rt qismdan iborat bo'layapti. Ishni Toshkentda boshlagan mutaxassis, Samarqandda bir kecha bo'lib, Boysunga tashrif buyurdi. Endigi navbat Toshkent orqali Namanganning To'raqo'rg'on tumaniga.

Kiko, o'zi uchun yangi mamlakatni kashf qildi desak adashmaymiz. Futbolchilarimizning istedodidan tashqari, uni O'zbekiston tabiati ham lol qoldirdi. Ayniqsa, Samarqanddagi tarixiy obidalar, Boysundagi tog'li hudud, Omonxonadagi mo'jaz suv.



Ayni paytda Boysunda qad ko'targan kichik arena bir paytlar ko'rimsiz holatda edi. Stadionni qurilishi tuman bolalariga katta quvonch olib keldi. Bu borada Abdullaevlar oilasining hissasi katta bo'layapti. 5 aka-uka otalari boshchiligida bugungi kunda etiborni viloyatda futbolni rivojlantirishga qaratayaptilar. Avvaliga Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi, shu boisdan ham jamoaga "Boysun Lokomotiv" deb nom berildi. 1 yillik tajriba natijasi o'laroq, endi ular Evropa andozasida ishlashni o'zlariga maqsad qilayaptilar. Albatta bundan o'zbek futboli yutadi.

Hozir qilinayotgan ishlar 0.1% ni ham tashkil etmaydi, ammo juda sekinlik bilan bo'lsada oldinga muhim qadam tashlab olindi.



Fotogalreya. Kiko Zuniganing Boysundagi uch kuni

5 yil davomida Xitoyda ishlab kelgan Zuniga, bir ko'rishdayoq o'zbek futbolida tarbiya topayotgan bolalarni yoqtirib qoldi. Buni "talant" deydimi yoki boshqa, bilmadim... Ammo 95% mehnat bo'lmasa bari befoyda, yana o'sha bolani ko'ra biladigan mutaxassis bo'lmasa ham undan naf yo'q. Yana u bolani chetga chiqarib yuborish uchun xalqaro aloqalarning bo'lishi o'ta zarur. Bu uning gapi.



O'z paytida u bilan Ispaniya chempionatida to'p tepgan aksar futbolchilar, bugunda Ispaniyada katta lavozimlarda faoliyat olib borayaptilar. Unda Xitoyda qilishni istagan ishini, hamkorlari orqali aynan O'zbekiston bilan boshlash niyati paydo bo'lganligi bizning yutug'imiz. Bugun Kiko keldi, ertaga boshqasi, indinga yana bir mutaxassis tashrif buyuradi. SHu tariqa asta sekin o'zbek bolalarining ham jahonda reklamasi paydo bo'la boshlaydi.

3 kun davomida 2004-2009 yillar oralig'ida tug'ilgan bolalar bilan ishlagan futbolchilari ichida, hattoki "Barselona" darajasida futbolchining chiqayotganini etirof etishi, bolalar futbolimizga yanada jiddiyroq etibor qaratishimizga turtki bo'lsa ajab emas.


Fotogalreya. Kiko Zuniganing Boysundagi uch kuni

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика