Kibersport. O'zbekistonlik yigit jamoasi bilan yana finalga chiqdi va bu safar chempionga aylandi
16 sen 2019 14:33
Yangiliklar


Kibersport. O'zbekistonlik yigit jamoasi bilan yana finalga chiqdi va bu safar chempionga aylandi
Joriy yilning 13-14 sentyabr kunlari Moskva shahridagi "VTB Arena"da Counter-Strike GO bo'yicha Blast Pro Series doirasidagi navbatdagi turnir bo'lib o'tdi.
Turnirda Braziliyaning "Mibr", SHveciyaning NIP (Ninjas in Pyjamas), Finlyandiyaning ENCE, Moskvaning "Spartak" klubiga tegishli bo'lgan "forZe" va Qozog'istonning "Avangar" klublari ishtirok etishdi.
Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan "forZe" hamda "Avangar" finalga yo'l olishdi. Qozog'iston klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Sanjar Kuliev (SANJI) finalda munosib o'yin ko'rsatib, jamoasi chempionga aylanishi uchun jiddiy kurash olib bordi va maqsadiga erishdi. Uchta zona yakuniga ko'ra 2ta g'alabaga erishgan "Avangar" uyiga 125 ming dollar bilan qaytadigan bo'ldi.
SHunday qilib, hamyurtimiz va uning jamoasi bir oy ichida ikki yirik turnir finaliga etib borib, ularning birida zafar quchdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar