Kibersport. Artur Babaev jamoasi yarim finalda!
10 dek 2016 10:11
Yangiliklar
Kibersport. Artur Babaev jamoasi yarim finalda!
Kecha tunda AQSHning Masachusets shtatidagi "Vang" teatrida Dota 2 o'yini bo'yicha o'tayotgan sovrin jamg'armasi 3 mln. dollar bo'lgan "The Boston Major-2016" turnirining chorak final o'yinlari o'tkazildi.
Oldinroq O'zbekistonda tug'ilgan Artur Babaev ("Arteezy") o'ynaydigan "Evil Geniuses" jamoasi ushbu musobaqaning chorak finalida Rossiyaning "Virtus.pro" klubiga qarshi bahs olib borishini elon qilgan edik. Ushbu o'yin saytimiz orqali to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatildi. Artur Babaev jamoasi ushbu bahsda ham ishonchli g'alabani (2:0) qo'lga kiritdi. "Evil Geniuses" endi yarim finalda OG jamoasiga qarshi kurashadi. Babaev jamoasi 250 000 AQSH dollari miqdoridagi yutuqni naqd qildi. Agar "Evil Geniuses" turnir g'olibiga aylansa, ularga 1 000 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli topshiriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar