So’nggi yangiliklar

14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  10 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10

Koreya FAni aldagan futbolchi terma jamoadan bir umrga chetlatildi Yangiliklar

Koreya FAni aldagan futbolchi terma jamoadan bir umrga chetlatildi

Teglar :  CHan Xyon Su
Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi CHan Xyon Su Koreya futbol associaciyasini aldagani uchun milliy jamoadan bir umrga chetlatildi.

Janubiy koreyalik futbolchi harbiy xizmatga bormaslik uchun yolg'on malumot bergan.

Qoidalarga ko'ra, 18 yoshdan 28 yoshgacha bo'lgan mehnatga layoqatli har bir erkak 21 oylik harbiy xizmatni o'tashi kerak, ammo olimpiya o'yinlari sovrindorlari va Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lganlar xizmatdan ozod etiladi. Biroq ular 60 kun harbiy tayyorgarliklarda ishtirok etishi hamda 544 soat sport davlat xizmatini o'tashi lozim.

Himoyachi 2014 yil Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lgan va o'tgan yilning dekabr oyida KFA (Koreya futbol associaciyasi)ga 200 soat ishlab berganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan.

Keyinroq CHan ishlagan kunda qalin qor yoqqani malum bo'ldi. Hujjat bo'yicha, futbolchi o'sha kuni ochiq havoda bolalarga futbol saboqlarini o'rgatgan ekan.

Bir necha kun oldin CHan Xyon Su Avstraliya va O'zbekistonga qarshi bahslarda terma jamoa sharafini himoya qilmasligi elon qilingan edi.

"Ko'pchilikning xafsalasini pir qilganimdan afsusdaman. Mavsum yakunlanganidan so'ng jamoatchilik ishlaridagi ishtirokimni tugatib qo'yaman" - dedi futbolchi.

Bugun CHan Xyon Su Janubiy Koreya terma jamoasidan bir umrga chetlatildi.

CHan JCH-2018da Janubiya Koreya terma jamoasining barcha uchrashuvlarida ishtirok etgan edi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика