Keza faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin turibdi

Administrator
27 iyul 2024, 00:35
Federiko London klubi a'zosiga aylanadi.

"Yuventus" klubi futbolchisi Federiko Keza faoliyatini katta ehtimol bilan APLda davom ettiradi. Vingerning keyingi klubi "Tottenxem" bo'lishi kutilmoqda.

Calcionapoli24 nashrining xabar berishicha, vinger Italiyada qolmaydi. Avvalroq, uni "Roma" yoki "Napoli"ga o'tishi xabar berilgandi.

26 yoshli Keza 30-35 mln evro evaziga "Yuventus"dan "Tottenxem"ga o'tadi.

Ma'lumot uchun, Federiko o'tgan mavsum A Seriyada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Calcionapoli24