Keyrush Ronalduni to'xtatish yo'lini aytdi

Mirjalol Normatov
9 iyun 2018, 17:35
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Portugaliya termasi futbolchisi Krishtianu Ronalduni to'xtatish yo'lini aytdi.

"Krishtianuni to'xtatish? Buning uchun uning kayfiyati juda yomon bo'lishi va o'sha kun uniki bo'lmasligi kerak. O'shanda uni yopa olamiz, doimiy ravishda bosimda ushlab turamiz. Shu holatda biz xavfning oldini olishimiz mumkin", - dedi Keyrush.

Eron va Portugaliya 25 iyun kuni JCH guruh bosqichida to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com