Keyn yana bir mavsum "Tottenxem"da qolish arafasida
15 avg 2021 22:36
Yangiliklar
Keyn yana bir mavsum "Tottenxem"da qolish arafasida
Xabarga ko'ra, London klubi prezidenti Deniel Levi Angliya hujumchisi borasidagi qarashlarini o'zgartirmaydi va uni "Tottenxem"da saqlab qolmoqchi.
Takidlanishicha, klublar o'rtasida Keynning transferi borasida muzokara o'tkazilmagan.
Klubning takidlashicha, "Manchester Siti" transfer borasida juda kech harakat qila boshladi. Transfer oynasi yopilishiga 17 kun qolganda "shporlar" uchun Xarrina o'rinbosar topish muammo bo'ladi.
Keyn yana kamida bir mavsumni "Tottenxem"da o'tkazishi kutilmoqda.
Iyun oyida "shaharliklar" Keyn uchun 100 million taklif qilgandi, keyinroq klub bu miqdorni oshirishga tayyorligi aytilganiga qaramay, tomonlar hali ham futbolchining narxini kelisha olishmayapti. "Siti" taxminan 160 million funt taklif qilsa ham, londonliklar Keynni qo'yib yubormasligi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar