Keyn: "Ikkinchi taymdagi ikkita tezkor gol "Tottenxem"ga yordam berdi"
05 jan 2023 12:59
Yangiliklar


Keyn: "Ikkinchi taymdagi ikkita tezkor gol "Tottenxem"ga yordam berdi"
"Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn Angliya chempionatining 19-turi doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda qo'lga kiritilgan yirik g'alaba (4:0) xususida fikr bildirdi.
"O'ylaymanki, biz o'yinni yaxshi boshladik, dastlabki 15-20 daqiqada yaxshi pressing qildik va hujum qildik, ammo oxirgi uzatmada aniqlik etishmadi. Ikkinchi taymdagi ikkita tezkor gol o'yinni hal etishga yordam berdi", – dedi Keyn.
"Tottenxem" 33 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 5-o'rinda bormoqda. "Kristal Pelas" esa 22 ochko bilan 12-o'rinda ketyapti.
Avvalroq Keyn SHirerning APLdagi rekordini yangilagani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar