Keyn faoliyatida unga eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan ikki himoyachini aytdi
20 avg 2022 09:55
Yangiliklar


Keyn faoliyatida unga eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan ikki himoyachini aytdi
“Faoliyatim davomida duch kelgan eng qiyin futbolchilar orasiga bir qanchasini qo'shishim mumkin. Faoliyatim boshida bu Jon Terri edi. U juda aqlli himoyachi bo'lgan, engilmas va o'zini nazorat qila oladigan. U zarbalarimni qanday to'xtatishni bilardi, shu tufayli bu men uchun ajoyib saboq bo'lgan.
Yana bir shunday o'yinchilardan biri Kellini edi. Tabiiyki, Italiya TJ va “Yuventus”ga qarshi o'yinlarda unga to'qnash kelganman. U haqiqatan ham aqlli, kuchli hamda jismonan baquvvat bo'lgan”, deydi Keyn.
Jon Terri futbolchilik faoliyatining asosiy qismini “CHelsi”da o'tkazib, 715 o'yinda 67+29 natijaga erishgan. U 2018 yil “Aston Villa” safida butsasini mixga ildi.
Jorjo Kellini esa 17 yillik faoliyatidan keyin o'tgan mavsum oxirida “Yuventus”dan ketib, “Los-Anjeles” bilan shartnoma imzoladi. U turinliklar libosida 559 uchrashuvda qatnashib, 36+25 ko'rsatkich qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar