Keyn - dunyoning eng qimmat futbolchisi, Neymar va Mbappe kuchli uchlikda, Ronaldu esa 20 talikda ham yo'q
05 iyu 2018 09:40
Yangiliklar


Keyn - dunyoning eng qimmat futbolchisi, Neymar va Mbappe kuchli uchlikda, Ronaldu esa 20 talikda ham yo'q
Unga ko'ra birinchi o'rinni Xarri Keyn egalladi. “SHporlar” hujumchisi 201,2 mln evroga baholangan. Ikkinchi o'rin Neymarga ajratildi. Braziliyalik 195,7 mln evroga baholandi. Uchinchi o'rin ham PSJning yana bir hujumchisi Kilian Mbappega nasib etdi. Uning narxi 186,5 mln evro qilib ko'rsatildi.
Besh karra “Oltin to'p” sohibi Krishtianu Ronaldu esa 103,4 mln evroga baholanib reytingning 24-o'rnidan joy oldi.
1. Xarri Keyn (“Tottenxem”) – 201,2 million evro
2. Neymar (PSJ) – 195,7
3. Kilian Mbappe (PSJ) – 186,5
4. Lionel Messi (“Barselona”) – 184,2
5. Muhammad Salah (“Liverpul”) – 171,3
6. Dele Alli (“Tottenxem”) – 171
7. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) – 167,2
8. Antuan Grizmann (“Atletiko”) – 164,5
9. Paulo Dibala (“Yuventus”) – 164,2
10. Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted”) – 163,4
O’xshash yangiliklar

Fikrlar