Keyn: "CHLda "Siti"ga qarshi bahs - "Tottenxem" uchun jiddiy imtihon"
16 mar 2019 14:29
Yangiliklar


Keyn: "CHLda "Siti"ga qarshi bahs - "Tottenxem" uchun jiddiy imtihon"
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.
"Manchester Siti"ga qarshi ikkita ajoyib o'yin bo'lib o'tadi. Raqibimiz ayni damda Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Bu biz uchun jiddiy imtihon bo'ladi. CHempionlar ligasi chorak finalida oson raqiblar bo'lmaydi, shu sababli ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Bizda yarim finalga chiqish uchun imkoniyat bor, buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Keyn.
"Tottenxem" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/4 final ilk bahsi 9 aprel kuni Londonda, javob o'yini 17 aprelda Manchester shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar