"Keyn – Angliya tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri. U penaltidan gol urolmadi, lekin bu o'yinning bir qismi" - SHevchenko
17 dek 2022 12:03
Yangiliklar


"Keyn – Angliya tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri. U penaltidan gol urolmadi, lekin bu o'yinning bir qismi" - SHevchenko
Angliya terma jamoasi sardori JCH-2022 nimchorak finalida Franciyaga qarshi o'yinda (1:2) asosiy vaqtda ikkita penalti tepdi: birinchisida gol urdi, ikkinchisida esa yo'q.
"Men uchun Keyn – Angliya tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri. U kuchliroq bo'ladi. Zimmasida katta masuliyat bor. Menimcha, Jahon chempionatini ajoyib o'tkazdi.
Keyn [Franciyaga qarshi o'yinda] etakchi sifatida maydonga tushdi, birinchi penaltini aniq amalga oshirdi, masuliyatni o'z zimmasiga oldi. Ikkinchi penaltidan unumli foydalana olmadi, lekin bu o'yinning bir qismi. U ko'p narsani gardaniga oldi.
Barcha ko'rsatkichlari va o'yinlarini inobatga olsak, ajoyib o'yinchi. Uni qo'llab-quvvatlayman, chunki men bunday vaziyatda bo'lganman va bu nima ekanligini bilaman", – dedi "Milan", "CHelsi" va Ukraina termasi sobiq hujumchisi.
SHevchenko Istanbulda kechgan "Milan" va "Liverpul" o'rtasidagi 2004/05 yilgi CHempionlar Ligasi finalida (3:3, penaltilar bo'yicha – 2:3) hal qiluvchi penaltini ko'kka sovurgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar