Keylor Navas MYUga taklif etildi

4 may 2019, 20:45
"Real" darvozaboni Keylor Navas faolitiyani APLda davom ettirishi mumkin.

Madridliklar rahbariyati kosta-rikalik 32 yoshli posbon uchun APLda yangi jamoa topish kerakligi hakiqda agentlarga topshiriq berdi. The Telegraph nashrining ma'lumotiga ko'ra, APLda "Manchester Yunayted" Navas borasida taklif olgan birinchi klub bo'ladi. 

MYU David De Xeaning noma'lum kelajagi sababli jamoaga yangi kiper izlamoqda. PSJ ispaniyalik bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzolashga tayyor. 

Eslatib o'tamiz, Keylor Navas hozir 32 yoshda va u joriy mavsum LaLigada 9ta o'yinda qatnashdi. 4 o'yinda gol o'tkazib yubormadi. Yangi mavsumda "Real" katta ehtimol bilan Tibo Kurtuaga ishonch bildiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph