Kevin de Bryuyne: "Xoland ular darajasiga eta oladi"
27 dek 2022 20:57
Yangiliklar
Kevin de Bryuyne: "Xoland ular darajasiga eta oladi"
Jamoadoshi Kevin de Bryuynening fikriga ko'ra, Xoland yana o'zoq yillar davomida "pachka"lab gollar urishda davom etishiga ishonadi va uni Ronaldu va Messining raqamlariga yaqinlashishi mumkin bo'lgan futbolchi deb hisoblaydi.
"Erling gollarga bog'lanib qolgan va u hozirgi kungacha 200tacha gol urishga erishdi. Agar ayni damdagi jismoniy holatini saqlab qolsa va o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarib kelsa, kelajakda 600, 700, 800ta gol urishi mumkin", - dedi de Bryuyne o'z jamoadoshi haqida.
"Men hujumchilarni solishtirishni xushlamayman, chunki hammaning o'yinini har xil baholayman, lekin Xoland boshqacha. U top darajadagi forvard - gol urishni yaxshi qo'radi va men buni uning eng zo'r hislati deb hisoblayman"
"Men Erlingni boshqa insonlardan farqini sezmadim, u ham oddiy odam. U hali yosh yigitcha, hayotdan bahramand bo'l va futbolga jiddiy qara", - dedi de Bryuyne norvegiyalik haqida.
Xolland bu mavsum "Siti"da 18ta uchrashuvda qatnashib 24ta gol urdi.
Fikrlar