Ketma-ket uch turda mag'lub bo'lgan “Bunyodkor” hozircha Superliga peshqadami
01 may 2018 09:14
Yangiliklar
Ketma-ket uch turda mag'lub bo'lgan “Bunyodkor” hozircha Superliga peshqadami
9-turga kelibgina “Paxtakor” Superliga karvonboshisiga aylanib oldi. Bunga Arveladze jamoasi g'alabasiz erishdi. SHuning uchun ham klub muxlislari “Metallurg”ga minnatdorchilik bildirishlari mumkin.
Agar Superliga teng ikkiga bo'lib o'rganilsa, bunda “Paxtakor” 6-o'ringa qarab sho'ng'iydi. Ketma-ket uch turda imkoniyatni boy bergan “Bunyodkor” esa indamaygina peshqadam bo'lib oladi. Sababi, “Bunyodkor”ni taslim qilgan ikki klub hozircha oltilikka kira olmagan. Agar Qosimov shogirdlari kecha Qo'qonda ham imkoniyatni boy bermaganida, holat bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin edi.
“Metallurg”ning holati juda ajoyib. Agar klub 22-turdan keyin ham oltilikda tursa, ishlari u qadar yomon emas. Biroq jamoa oltilikka kira olmasa, ishlari u qadar yaxshi bo'lmasligi mumkin. CHunki bekobodliklar ikki yil avvalgi “Vest Hem”ni yodga solyapti: etakchilar kushandasi, ammo oddiy o'yinlarda ochko ko'p yo'qotiladi.
CHempionlik yo'lida
Bunyodkor 4 3 0 1 7:3 9
Metallurg 5 2 1 2 5:10 7
Buxoro 5 2 0 3 5:8 6
Nasaf 3 1 2 0 4:2 5
Qo'qon-1912 4 1 1 2 1:2 4
Paxtakor 3 1 0 2 5:2 3
Quyida esa “Lokomotiv”ga etibor qiling. Ahvol u qadar yaxshi emas. Biroq Fyodorov boshchiligidagi jamoa oltilik uchun asosiy davogar bo'lib qolaveradi. Hozircha “temiryo'lchilar” o'sha oltilik jamoalaridan ochko jamg'arish bilan band. Oddiy misol: ketma-ket ikki Toshkent derbisi. SHuning uchun “Loko”ga 4 ochko berishi mumkin.
Jon saqlash yo'lida
Qizilqum 4 3 0 1 7:4 9
Navbahor 4 2 1 1 7:5 7
AGMK 4 2 0 2 5:6 6
Lokomotiv 4 2 0 2 5:3 6
So'g'diyona 4 1 1 2 4:7 4
Neftchi 4 0 2 2 2:5 2
Fikrlar