Kessi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
06 fev 2020 01:45
Yangiliklar
Kessi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
“Sku Sports” xabariga ko'ra, “Milan“ yarim himoyachisi Frank Kessi yana “Vulverxempton“ klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
“Bo'rilar“ o'tgan yozda ham ivuarlik futbolchini sotib olishga harakat qilishgan, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi.
Xabar qilinishicha, 22 yoshli futbolchi ingliz klubining iyul oyidagi asosiy transfer maqsadiga aylangan. Xavbekning ehtimoliy transfer bahosi 25 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kessi uchun “Monako“ va “Atalanta“ ham davogarlik qilmoqda.
Malumot uchun, A Seriyaning joriy mavsumida 19 o'yinda maydonga tushgan ivuarlik futbolchi 1ta golga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar