Kerroll "Reding"ga qaytdi
16 sen 2022 12:39
Yangiliklar
Kerroll "Reding"ga qaytdi
"Liverpul" sobiq hujumchisi Endi Kerroll CHempionship klubi bilan shartnoma imzoladi.
"Liverpul"dagi o'yinlari orqali tanilgan hujumchi Endi Kerroll ishga joylashdi. 33 yoshli futbolchi CHempoinship vakili bo'lgan "Reding" bilan shartnoma tuzdi. Mehnat shartnomasi 2023 yil yanvar oyining o'rtalariga qadar hisoblanadi.
Endi Kerroll o'tgan kuzda "Reding" bilan qisqa muddatli kelishuv imzolagan edi. Forvard o'shanda jamoa tarkibida 8 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgandi. Klubdagi ikki oylik faoliyatidan keyin Kerroll "Vest Bromvich"ga o'tgan va yozda erkin agent maqomiga ega bo'lgan edi.
"Reding" ayni paytda CHempionship turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar