Kerrik "CHelsi" bilan o'yinga tayyor
24 okt 2014 18:08
Yangiliklar


Kerrik "CHelsi" bilan o'yinga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maykl Kerrik o'z jarohatidan qutildi va "CHelsi"ga qarshi Premer-liganing 9-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.
"Jarohat tufayli juda ko'p futbol o'ynay olmasang bu fojea. Bu mening jarohat tufayli eng ko'p ishtirok etmaganim bo'ldi. Avvalari hech qachon bunday jiddiy jarohat bo'lmagan. Bu yangi murabbiy kelganidan keyin sodir bo'lgani alamli. Ammo hozir barchasi ortda qoldi, men yana shug'ullanyapman va futbol bilan shug'ullanmoqchiman.
"CHelsi" bilan uchrashuvga keladigan bo'lsak - biz o'zimizga ishonamiz. Jamoamiz o'yindan-o'yinga o'sib boryapti va raqibga juda ko'p muammo tug'dira olamiz" - deydi Kerrik.

Fikrlar