Ker: "Bu maqsadlarimiz chegarasi emas"
04 iyu 2021 12:52
Yangiliklar
Ker: "Bu maqsadlarimiz chegarasi emas"
Daniya termasi sardori Simon Ker Evro-2020ning 1/4 finalidagi g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Turnir boshlanishidan oldin bir maqsadimiz bor edi - "Uembli"ga qaytish. Agarda o'shanda yarim finalga chiqish bizning maqsadimiz bo'lganini aytsam, ustimdan kulgan bo'lardingiz. Ammo bu maqsadlarimiz chegarasi emas. Endi tiklanib olishimiz kerak, to'rt kundan keyin bizni yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi.
Baxtni qarangki, bugungi bahsda to'p uchun havodagi kurashda ko'proq g'olib bo'ldim. Buning uchun ko'p ter to'kish kerak. Biz yanada yaxshi o'yin ko'rsata olamiz. Balki raqib bizdan yaxshiroq o'yin ko'rsatgandir. Ammo biz himoyada tartibli o'ynadik", - dedi Ker.
Fikrlar