Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov mashg'ulotlarni boshlashdi
12 mar 2015 00:01
Yangiliklar


Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov mashg'ulotlarni boshlashdi
"Nasaf" jamoasi hujumchilari Kenja To'raev hamda Azamat Allaniyozov jarohatlari bois o'tgan mavsumning so'nggi qismini o'tkazib yuborishgan edi.
"Nasaf"ning "Andijon"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazgan mashg'ulotlarida Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov yakka tartibda shug'ullanishdi.
Bu ikkala futbolchi o'tgan mavsumning so'nggi qismida jiddiy jarohat olib jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lishgan edi. Hozirda futbolchilarning ahvoli ancha yaxshi va kechadan boshlab individual tarzda mashg'ulotlarga kirishishdi. Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov hozircha faqat to'psiz yugurishmoqda. Ularning qachon safga qaytishi aniq emas.
SHuningdek, jamoa himoyachisi Alisher Yusupov ham mashg'ulotlar paytida kichik, mikro jarohat olgan. Uning jarohati jiddiy emas. Lekin Alisher Yusupov bugun "Andijon"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Fikrlar