Kenjaboev “Nasaf”ga o'tish uchun “Lokomotiv”dan shartnomasini sotib olgan ekan
01 fev 2024 09:01
Yangiliklar
Kenjaboev “Nasaf”ga o'tish uchun “Lokomotiv”dan shartnomasini sotib olgan ekan
O'tgan mavsum “Qizilqum”dagi ajoyib mavsumdan so'ng Islom Kenjaboevga bir qator jamoalardan qiziqish bo'ldi.
Malumotlarga qaraganda, hujumchi dastlab Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan shartnoma imzolagan. Biroq keyinchalik unga sobiq klubi “Nasaf”dan taklif tushgan. SHundan so'ng hujumchi sobiq jamoasiga qaytish uchun “Lokomotiv”dan o'zining shartnomasini sotib olgan va keyinchalik Qarshi klubiga borib qo'shilgan.
Eslatib o'tamiz, 24 noyabr kuni Islom “Lokomotiv” bilan 2 yillik shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik, biroq 12 dekabr sanasi 24 yoshli hujumchi “Nasaf” bilan shartnoma imzolagan.
Fikrlar