Kellini "Yuventus"ga qaytishi mumkin, faqat futbolchi sifatida emas
30 noy 2022 18:42
Yangiliklar
Kellini "Yuventus"ga qaytishi mumkin, faqat futbolchi sifatida emas
"Yuventus" sobiq himoyachisi Jorjo Kellini Turin klubiga qaytib, rahbarlik lavozimlaridan birini egallashi mumkin.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
38 yoshli futbolchi joriy mavsum MLS'ning "Los-Anjeles" klubida o'ynadi.
Avvalroq "Yuventus" Italiya futbol klubi direktorlar kengashi istefoga chiqqanini malum qilgandi.
Klub prezidenti Andrea Anelli ham Italiya grandini tark etdi. SHuningdek, turinliklar rahbari o'rinbosari Pavel Nedved ham istefoga chiqdi. Ijrochi direktor Mauricio Arrivabene yangi direktorlar kengashi tuzilmaguncha klubda qoladi.
Kellini "keksa sinora" safida barcha musobaqalarda 561 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi "Yuventus" bilan 19 ta sovrin, jumladan, 9 ta Skudetto va 5 ta Italiya Kubogini qo'lga kiritgan.
Fikrlar