Kellini: "Yuventus" bir nechta uchrashuvdan beri tartibsiz o'ynayapti"
08 noy 2018 12:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461641_original.jpg)
![](/upload/storage/461641_220.jpg)
Kellini: "Yuventus" bir nechta uchrashuvdan beri tartibsiz o'ynayapti"
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini "Manchester Yunayted"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvi (1:2) haqida fikr bildirdi.
"CHempionlar ligasida oxirigacha bormoqchimiz va shu sababli bu xatolardan kerakli xulosa chiqarishimiz kerak. Bir nechta uchrashuvdan beri tartibsiz o'ynayapmiz. Bo'shashish keraksiz tavakkalga olib keladi. Endi o'yinga keraklicha etibor bersak kerak.
Uchrashuvni to'liq nazorat qildik, biroq hujumdagi imkoniyatlarimizdan foydalana olmadi va "Manchester Yunayted" xavfli bo'lishini unutib qo'ydik. Agar CHempionlar ligasida bunday bahslarni yutqazmoqchi bo'lsak, buni keyin emas, hozir qilgan yaxshi" - deydi Kellini.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar