Kellini “Milan”ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi
06 mar 2017 23:10
Yangiliklar
Kellini “Milan”ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi
“Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kellini Italiya A Seriyasining 27-turi doirasidagi “Udineze” (1:1) bilan bo'lib o'tgan o'yinda jarohat olgan edi.
Klub shifokorlarining aytishicha, himoyachining jarohati jiddiy emas va u 28-turi doirasidagi markaziy o'yinda turinliklarga yordam bera oladi. “Keksa Sinoralar” 10 mart kuni “Milan”ni qabul qilishadi.
“O'zimni ancha yaxshi xis qilyapman. Lekin hamon og'riq bor. Umid qilamanki, ko'pi bilan ikki kundan so'ng to'laqonli mashg'ulotlarni o'tkaza boshlayman”, - dedi Kellini.
Fikrlar