Kellini Italiya TJdagi xayrlashuv uchrashuvini qachon o'tkazmoqchiligini aytdi
26 apr 2022 09:15
Yangiliklar
Kellini Italiya TJdagi xayrlashuv uchrashuvini qachon o'tkazmoqchiligini aytdi
“Yuventus” azosi Jorjio Kellini Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganini elon qildi.
“Agar hammasi joyida bo'lsa, 1 iyun kuni “Uembli”da Argentinaga qarshi o'yinni o'tkazaman. Ana shunday bayramona uchrashuvda terma jamoa va ko'k forma bilan xayrlashmoqchiman. Evroda g'alaba qozonish orqali faoliyatimning cho'qqisini boshdan kechirdim”, deydi Kellini.
Eslatib o'tamiz, Italiya hamda Argentina termalari o'rtasidagi Superkubok bahsi Evropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) va Janubiy Amerika futbol konfederaciyasi (KONMEBOL) o'rtasidagi 2028-yilgacha davom etadigan hamkorlik doirasidagi birinchi uchrashuv bo'ladi.
Fikrlar