Kellexer "Liverpul"ni tark etadi
20 apr 2023 11:09
Yangiliklar


Kellexer "Liverpul"ni tark etadi
"Liverpul" yangi mavsum boshlanishidan oldin boshqa darvozabon izlashiga to'g'ri keladigan belgilar kuzatilmoqda.
Insayder Fabricio Romano "qizillar" darvozaboni Kuivin Kellexer jamoani tark etishi mumkinligini malum qildi.
Alisson – "Liverpul"ning asosiy darvozaboni. Braziliyalik futbolchining maqomi shunchalik kuchliki – u jarohat olmasa, deyarli har bir o'yinda asosiy tarkibda o'ynaydi.
SHunday qilib, Kelleher uchun imkoniyatlar deyarli yo'q. Irlandiyalik futbolchi joriy mavsum bor-yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Bular Angliya Kubogi va Liga Kubogi bahslari edi.
Biroq bunday yo'l 24 yoshli futbolchiga maqul kelmayapti, u "Enfild"ni tark etish niyatida. Fabricio Romanoning malum qilishicha, darvozabon kelasi mavsumda hech bo'lmasa ijarada to'p tepmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar