So’nggi yangiliklar

17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0 15:51Килиан Мбаппе "Реал" таркибидаги илк машғулотини ўтказди  1 15:26"Насаф" - "Пахтакор" учрашувини Абдураҳмонов бошқариб боради. Суперлига 15-турига расмийлар тайинланди  5 15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  4 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  7 13:39Мало Гюсто: "Челси" Конференциялар Лигасини ютиши керак"  2 13:17Тен Хаг Амрабат "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкинлигини айтди  2 13:06Шерзод Темиров "Атлетико Мадрид"га қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  6 12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  5 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  5 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  5

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XVII bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XVII bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining o'n ettinchi bobini taqdim etamiz.

Gadoning dushmani gado bo'ladi, deganlaridek kelishilgan o'yinlarni tashkil etish bilan shug'ullanuvchilar imkon tug'ilgan zahoti bir-birlarini chuv tushirib ketishga harakat qiladilar. Asar bilan tanishish asnosida Perumalga bir qancha hamkasblari va hatto yordamchilari pand berganlariga o'zingiz ham guvoh bo'ldingiz. Qizig'i, singapurlik shovvoz ham vaqti kelsa ularning xiyonatiga shu tarzda javob qaytarishni kanda qilmagan. Kitobining ushbu bobida u shu xususda yana bir bor to'xtalib o'tgan.

XVII BOB

2011 YILI A SERIYAGA KIRIB BORGANDIK
2011 yilning fevralida kutilmaganda Dan qo'ng'iroq qilib qoldi:
- Bugun katta kun, sening ulushing 60 ming.
- Qanaqa o'yinlar haqida gapiryapsan?
- Napoli - Sampdoriya - 4:0 va Breshia - Bari - 2:0.
- Buni qara-ya! Nahotki, biz A seriyaga kirib borgan bo'lsak?
- Sampadagilar 0:2ni taminlaymiz deyishgandi. Agar ular 0:4ga oldinroq rozi bo'lganlaridami, yanada ko'proq pulga ishlardik. Bari yana bir gol o'tkazib yuborgan taqdirda stavkalarimiz total va gollar nisbatidagi farq uchun ham ishlagan bo'lardi.
A seriya. Bu telba juda yuqori cho'qqiga ko'tarila oldi. Umuman aytganda, u hech qanday o'yinni tashkil etmagandi. SHunchaki italyan futbolchilarining  agentlari unga murojaat qilib, 600 ming evro tikishini so'ragandilar xolos. Dan benihoya quvonardi.
- Endi o'yinchilarga pul to'lashimizga ham to'g'ri kelmaydi,  - deya gapida davom etdi Dan. - Birgina ishora uchun uch daqiqa kifoya qiladi va 25 ming evro to'laydilar. Keyin esa o'z pullarimizni o'yin oxirigacha tikaveramiz.
Dan ulushni baham ko'rishga qaror qildi. Qiziq, oldinlari o'zim jalb qilingan o'yinlar uchun pullar olardim. Singapurga qayta olmasligim bois pullarni do'stlarim etkazib kelardilar. Ish jarayonida banklar xizmatidan deyarli foydalanmasdik. Faqat kesh yordamida hammasini hal qilardik. SHuningdek, istalgan paytda sayyoramizning istalgan nuqtasiga sutka davomida 100 ming dollar etkazib bera oladigan norasmiy kompaniyalar ham faoliyat yuritadilar. SHu biznes bilan shug'ullanishni boshlaganimdan beri o'tgan yillar davomida har kuni FIFA saytiga kirib, yangi o'yinlarni qidirishni odat qilgandim. Quyidagi ikki uchrashuv diqqatimni o'ziga tortdi: Boliviya - Latviya va Estoniya - Bolgariya. Bu ikki o'yin bir kun ichida Antaliyada o'tkazilardi. Yanvar - fevral oylarida Turkiya bu borada juda faol davlatga aylanadi. O'yinlar menga g'alati tuyuldi. SHuning uchun bu Danning ishi bo'lsa kerak, degan xayolga bordim. Axir qitalararo parvoz uchun boliviyaliklarda pullar yo'q. Qolaversa, uchrashuvni TV orqali namoyish etish huquqini hech kim sotib olmaydi. SHu bilan birga Finlyandiyada sayohat qilib yurgan kezlarimda Entonining Estoniya FA bilan aloqa o'rnatganidan xabarim bor edi. Dan Italiyadagi o'yinlar uchun ulushimni berdi, ammo Turkiya bilan bog'liq masalada yana meni chuv tushirib ketdi. O'z odamimga shunday ko'rsatmalar berdim:
- Turkiyaga uchib bor. Agar hakamlarda garnitura bo'lsa, total uchun ko'proq tik. Dan peshonasiga to'pponcha tiralgan taqdirda ham bunday paytda hech qachon oz pul tikmaydi.
Lekin odamim hammasini rasvo qildi. U o'rtog'iga kelishilgan o'yinlar haqida gapirib berdi, o'rtog'i esa yana kimgadir gullab qo'ydi. SHu tariqa malumot Danning qulog'iga etib bordi. U menga qo'ng'iroq qilib, istasa uchrashuvda hisob umuman ochilmay qolishini aytdi. Ishni pachava qilgan o'sha tentakni Turkiyadan chaqirib oldim va o'rniga Muruganni yubordim.
- Agar hakamlarni tanib qolsang, bundan meni boxabar qilishni unutma, - dedim uni safarga jo'natish oldidan. - Mabodo ulardagi garnituralarni ko'rib qolsang ham menga qo'ng'iroq qil. O'ylaymanki, ular penaltilar soni masalasida nimanidir ko'zlab qo'yganlar.
Murugan deyarli barcha hakamlarni bilardi. Latviya va Boliviya o'rtasidagi uchrashuvni bosniyalik, Estoniya bilan Bolgariya o'rtasidagi bahsni esa bizning eski tanish - Lengel boshqardi. Lekin ikkinchi o'yin qachon bo'lishini hech kim bilmasdi. Murugandan tribunada jimgina o'tirishni va o'zini oshkor qilib qo'ymaslikni so'radi.
Latviya - Bolgariya. Nimaga tikkan maqul? Total qanday bo'ladi? 2,5 yoki 3,5? Tashqi xavfga qaramasdan Danning totalga oz tikishi mumkinligiga ishonmayman. Singapurda bu o'yinga shunchalik ko'p pul tikdilarki, koefficientlar o'z-o'zidan pastlab ketdi. Hammasiga mening telba hamkasbim sababchi. To'rt golli total uchun tikdim. Voqealar juda tez rivojlana boshladi. Hakam uch bor penalti belgiladi. 60-daqiqaga kelib hisob 2:1 edi. Ammo o'zim kutgan to'rtinchi gol kiritilmadi va pullarni yo'qotdim.
Ikkinchi o'yin qachon o'tkazilishini hamon hech kim bilmasdi. Malum bo'lishicha, ikkinchi bellashuv birinchisidan bir soat o'tganidan keyin aynan o'sha stadionda o'tkazilar ekan. Odamlarning uzoqni ko'ra olmasliklari meni hayron qoldirdi. CHunki uchrashuvlar haqidagi malumotlarga ular yuzaki munosabatda bo'ldilar. Ikkinchi bahs 2:2 hisobida nihoyasiga etdi. Barcha gollar penaltilardan kiritildi. Bu uchrashuvga pul tikmagandik. Danning hakamlari bir kun ichida 11 marta penalti belgiladilar. 


AMALGA OSHMAGAN VA'DA
Keyinchalik Antaliyadagi o'yinlar oldidan UEFA bu masalada shubhalanib qolganidan kimdir Danni ogohlantirganini bilib qoldim. U es-hushini bir joyga jamlab, turkiyalik hakamlarni topishi yoki stavkalarni kamtarona ko'rinishga keltirishi ham mumkin edi. Masalan, kartochkalar yoki bo'lmasa, ikkinchi bo'limda kiritiladigan gollar soni bo'yicha. Ammo bu telba o'yinlarni oldin ham o'zlarini fosh etishga ulgurgan hakamlarga ishonib topshirdi. Hakamlar esa uchrashuvlar davomida huda-behudaga penaltilar belgilayverdilar. Ularni xuddi  policiyachilar qo'riqlab turgan, lekin shunga qaramasdan bankni o'marishga jazm etgan o'g'rilarga o'xshatish mumkin. Vaholanki, Danning rejalaridan voqif edim. Qizig'i, o'sha bahslar oldidan ananaga muvofiq matbuot anjumani ham o'tkazilmadi. Demak, hamkasblarim estonlar bilan latishlarga ochiqdan-ochiq pul to'laganlar. Eng ajablanarlisi, ular ayblarini tan olmay hammasini menga ag'dardilar. SHunga qaramasdan sindikat azolaridan biri sifatida Dan menga ham Turkiyadagi o'yinlar uchun 200 ming dollar to'ladi. Aftidan u mening ajralib chiqishimni istamagan va shu bilan birga elkamga pichoq sanchish uchun qulay fursat kelishini kutgan ko'rinadi.
Tampere klubining direktorlar kengashi vada qilingan investiciyadan faqat 300 ming evro oldi. Ular yangi futbolchilarni sotib olish uchun bizdan pullarning qolgan qismini talab qila boshladilar. Dandan qidirib topishga vada bergan o'yinchilarni jamoaga olib kelishni so'radim. Tamperedagilar keyinchalik sotib yuborish mumkin bo'lgan afrikalik iqtidorli yoshlarga ega bo'lishni istardilar. Ammo Dan afrikaliklarni hech narsaga arzimaydigan o'yinchilar deb atab, shunday dedi:
- Ular ishonchli emaslar. Evropaga ko'chib kelganlaridan so'ng bunday o'yinchilar biznes haqida emas, balki futbol haqida o'ylashga tushadilar.
O'ylaymanki, u yangi o'yinchilar olib kelishni umuman istamasdi. CHunki Dan ularning menga bo'ysunishlari mumkinligidan cho'chirdi. SHunda qo'shimcha variantlarni taklif qildim:
- Afrikaliklarni xohlamaysanmi? U holda slovak, sloven yoki serblarni sotib olaylik. Ularni 100 ming evro evaziga qo'lga kiritish mumkin. Bunday o'yinchilar bilan oyiga 20 ming evro to'lash sharti asosida uch yillik bitim imzolasak bo'ladi. Futbolchilarni bemalol nog'oramizga o'ynatamiz. Qolaversa, fin chempionati butunlay dabdala. Undagi yigitlar pul uchun aytgan ishimizni bajaradilar. Finlar futboldan ko'ra xokkeyni sevadilar. Agar sotilishi mumkin bo'lgan ikki himoyachi va to'rt hujumchini topa olsak, konveyer usulini yo'lga qo'yamiz. SHunday paytda ularga quyidagicha buyruq berishimiz kifoya qiladi: To'rt gol kerak. Istasangiz, buni o'zingiz amalga oshiring. Yoki darvozangizdan shuncha gol o'tkazib yuboring.
Uzoq davom etgan bahs-munozaralarimizdan keyin Dan bilan Zekay Finlyandiyaga venger millatiga mansub ikki o'yinchini - himoyachi Gabor Xorvatdan tashqari yoshi 30dan oshgan yana bir faxriyni yubordilar.
- Ular kim? - deya so'rashdi Tamperedagilar mendan. - Biz hatto ularning kimligidan bexabarmiz. Tampere - professional klub. Bizga 32 yoshdagi faxriy o'yinchilar kerak emas.
Finlar o'zlarini g'alati tutdilar. Agar senga birortasi million evro berar ekan, albatta unga quloq solasan. Ular esa bizdan pullarni talab qilib, boshqa shartlarimizga ko'nishni istamasdilar. Harqalay finlar yigitlarimizni mashg'ulotlarga jalb qildilar. Gabor ilk mashg'ulotdayoq bosh murabbiyga yoqib qoldi. Uning sherigini esa uyiga qaytarib yubordilar. Dan uning o'rniga bir paytlar Vasko da Gamada to'p surgan boshqa futbolchini jo'natdi. Braziliyalik o'sha o'yinchi ham hafsalani pir qilishdan boshqasiga yaramadi. Ammo Dan pulni to'layapmanmi, mening aytganim bo'lishi kerak. Istasam, darvozada o'zim turaman va Zekayni hujumga qo'yishim mumkin, deb hisoblardi. U faqat bir narsani - malay klubi bilan emas, balki Evropadagi professional jamoalardan biri bilan hamkorlik qilayotganini tushunishni istamasdi.
- Dan, pullar darvozaga maymunni qo'yish huquqini bermaydi. Bu Evropa. Bu erda saviya muhim ahamiyat kasb etadi, - dedim unga.
Besh oy davomida Tampereda o'ralashib yurdik. SHu vaqt oralig'ida Dan yaxshiroq futbolchi topa olmadi. Agar bu ishni menga qo'yib berganida hammasini uddalagan bo'lardim. Biz topib kelgan yigitlarni nafaqat mashg'ulotlarda,  balki o'rtoqlik o'yinlarida ham sinab ko'rishni to'xtatib qo'ydilar. CHunki Dan klubga hech narsaga arzimaydigan futbolchilarni olib kelgandi. Tampere rahbariyatini tushunaman. CHunki bergan vadamizni bajara olmadik. 


J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика