So’nggi yangiliklar

21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  0 20:51Пепе фаолиятини якунлади  2 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  0 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  14 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  3 19:19Ансельмино "Челси"га ўтгандан кейин: "Болалигимдан буни орзу қилардим"  1 18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  1 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  1 18:11Жаҳон чемпионати саралаш босқичи. Ўзбекистон - КХДР учрашувини Аҳмад ал Каф бошқариб боради  15 17:54Буни кўрдингизми? Де Брюйне услубини ўзгартиради   4 17:30Энцо Фернандес янги мавсумда "Челси"нинг сардорларидан бири бўлади  0 17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XVI bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XVI bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining o'n oltinchi bobini taqdim etamiz.

Mutaxassislarning gapiga qaraganda, o'yinni sotish haqidagi takliflarga rozi bo'lganlar keyinchalik ham shunday ish bilan shug'ullanishda davom etaveradilar. Bunday toifadagilarni yuqimli kasalga uchraganlarga o'xshatadiganlar ham topiladi. Aks holda g'irrom uchrashuvlarda qatnashganlar keyinchalik Perumal va unga o'xshaganlarning talabini yana bajarishdan bosh tortgan bo'lardilar. Aks holda mana shundaylardan biri hisoblanadigan keniyalik darvozabon Uillis kelishilgan o'yinlarning qirollaridan biriga aylangan eski tanishiga peshvoz chiqmagan bo'lardi.   
Uillis Keniya - Nigeriya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda qatnashib, Burgutlarga JCH yo'llanmasini taqdim etgandi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi qishda nihoyasiga etardi. Marixamn rahbariyati esa u bilan hamkorlik qilishni davom ettirish niyatida emasdi. Darvozabon nima qilib bo'lmasin, pullarga ishlashni istardi. Ikki gol farqidagi mag'lubiyat uchun unga 25 ming evro vada qildim. Marixamn shu nomdagi orolda joylashgandi. Danning kureri bilan paromga chiqqan holda o'sha yoqqa yo'l oldim. Jamoada qora tanli yana ikki yigit o'ynardi. Lekin Uillis ular bilan gaplashib olishga vada berdi. Kelishilgan o'yinlarni tashkil etish nuqtai nazaridan olib qaraganda, Uillis ideal futbolchi hisoblanardi. U hammasini tushunib, ishga zo'r ishtiyoq bilan kirishardi. Bizning ishimizda esa darvozabonlardan ko'ra ikki nafar markaziy himoyachini sotib olish qulayroq. Bazida o'zim himoyachilarga raqib hujumchilarini qanday qilib o'tkazib yuborishlari kerakligini erinmay tushuntirardim. Uillis ikkita o'yinni ajoyib  tarzda o'tkazdi. Unga o'xshagan yigitlar bilan ishlar ekansan, boringni tiksang arziydi. Afsuski, hamma futbolchilar ham sadoqatli emaslar. Ularning ayrimlari gohida kerakli hisob o'z-o'zidan taminlanishi mumkinligidan umidvor bo'lishdan uyalmaydilar.


BIZGA QADAR JANUBIY AMERIKADA KELISHILGAN O'YINLAR HAQIDA O'YLASHMAGAN

2010 yilning sentyabrida Janubiy Amerikaga etibor qaratdim. U erga borgunimizga qadar hamma halol o'ynardi. Aytish mumkin bo'lsa, bizga qadar Janubiy Amerikada boshqalar kelishilgan o'yinlar haqida o'ylashmagan. Biz esa u erga ham biroz axlat olib kirdik. Janubiy Amerikada to'g'ridan-to'g'ri maqsadga o'tishning iloji yo'q. Buning uchun ayyorlik qilishingiz kerak bo'ladi. Masalan, FA vakillaridan o'z hakamingizni o'yinga tayinlash borasida shunday ishdan foydalanishingiz maqsadga muvofiq. Afrikada esa hammasi qulay. Finlyandiyada ishlayotgan paytimda Entoni butun qita bo'ylab kezib chiqdi. Bugun u Peruda bo'lsa, ertaga Boliviyada ish bilan yurardi. Men esa Xelsinki yoki Londonda turib uni boshqarardim. Entoniga shunchaki chiptalar sotib olardim xolos. Unga qattiq ishonardim. CHunki bir-birimizni 20 yildan beri yaxshi bilardik. Peruliklar haqiqiy professionallar chiqib qolishdi. Ular Entonini haydab soldilar.  Navbatdagi nuqta Boliviya edi. Hakamlarni almashtirish va yoshlar o'rtasida turnir tashkil etish orqali o'zimizga xos bo'lgan dasturni ilgari surdik. Boliviyaliklar juda qashshoq ahvolda yashaydilar. Ularning top-ligasida o'yinchilarga oyiga ming dollar to'laydilar. Biz tashkil etadigan bir o'yin uchun ular 5 mingdan olib, oy davomida 20 ming dollarga ishlashlari mumkin edi. Boliviya miqyosida 20 ming dollar - bu juda katta pul. Uning yordamida futbolchilar hayotini butkul o'zgartirib yuborishlari mumkin. Malum vaqt davomida Entoni yo'qolib qoldi va qo'ng'iroq qilib shunday dedi:
- Pullar tugadi, yana yubora olasanmi?
- Boliviyaliklar bilan ish qanday kechmoqda?
- Hozircha hech qanday natija yo'q.
- Pullarni yuboraman, ammo ularni Peruda olishing mumkin. Agar biror natija chiqmasa, Boliviyani tark et.
O'sha paytda Dan negadir Entonining Boliviyaga uchib borganidan shubhalanib qoldi. Ammo u o'ziga qarashli sayyohlik firmasi bilan bog'langanda u erdagilar Boliviyaga eltadigan chipta sotib olinganini tasdiqladilar. Danning shubhaga tushib qolganini unutdim. Ekvadorga borishga harakat qila boshladim. CHunki mahalliy FA prezidenti bilan uchrashishga kelishib olgandik. Yo'lga chiqish arafasida ko'chmas mulklarni sotib olish uchun olgan 200 ming dollarni Danga qaytardim. Londondan Guayakilga to'g'ridan-to'g'ri reys yo'qligi bois Peruda to'xtalib o'tdim. Fursatdan foydalanib va Entonining qanday ishlaganini tekshirish maqsadida mahalliy FAga kirishga qaror qildim. Ular chindan ham haqiqiy professionallar ekanligini isbotladilar. CHunki peruliklar taklifimni diqqat bilan tingladilar va o'rganib chiqishlari uchun vaqt kerak bo'lishini aytdilar.
Ekvadorliklar esa o'yinlarni kelishish borasida hech narsani bilmasdilar. Ular peruliklardan ham halol edilar. Ekvador futbol associaciyasining prezidenti inglizchada yomon gapirgani bois uning tanishi telefon orqali hammasini tarjima qilib turdi. Unga hakamlarni almashtirish dasturini taklif qildim. Amaldorlar yoshlar terma jamoasining Venesueladagi o'rtoqlik o'yiniga borib kelishi uchun yo'l xarajatlarini qoplashimiz kerakligini iltimos qildilar. Milliy terma jamoaning Indoneziyadagi o'rtoqlik o'yiniga yuborgan taqdirda bunga rozi bo'lishimni  aytdim. Ular bilan mutlaqo halol ishladim. Agar Ekvador terma jamoasi Indoneziyaga uchib boradigan bo'lsa, stadionga 60-70 ming atrofida ishqiboz yig'iladi. Birgina chiptalarning o'zidan katta pul ishlab olish mumkin. Ammo ekvadorliklar taklifni rad etdilar:
- Buning iloji yo'q. Argentina TV bilan shartnomamiz bor. U boshqa kompaniyalar bilan ish olib borishimizga yo'l qo'ymadi. Agar gap yoshlar ustida borar ekan, u holda bemalol hamkorlik qilishimiz mumkin. Yoshlarimizni istalgan joyga olib boravering.
Prezident meni uchrashuvlarni tashkil etadigan argentinaliklar bilan qanday aloqaga chiqishim mumkinligi haqida malumotlar berdi. Ular bilan bog'lanib, olti millat vakillari o'rtasida uyushtiriladigan Kopa Kordobaga hakamlarimizni olib kelish masalasini muhokama qilib oldim. Bu yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan turnir edi. Mehmonxonaga kelgan paytimda oqshom tushib bo'lgandi. Televizorni yoqdim. Unda Venesuela va Boliviya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin namoyish etilayotgan ekan. Venesuela 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvni bizning Ibrohim boshqargandek taassurot uyg'ondi. Lekin translyaciya sifati alo darajada emasligi bois bunga ishonmadim. Danga qo'ng'iroq qildim, u band ekan. Boz ustiga Dan ham internet orqali dolzarb malumot paydo bo'lganidan bexabar edi. 


XIYONAT KETIDAN XIYONAT

SHundan keyin Kosta-Rikaga yo'l oldim. U erdagi futbol associaciyasida ishlaydigan Armando  ismli kishi bizning hakamlardan foydalanish istagida emasliklarini aytdi. O'zaro tajriba almashish va hokazolar haqida gap bo'lmadi. Albatta, u hammasini buzib qo'ygandi. Vaziyatni o'nglash uchun Danning odami hisoblanadigan Alassan etib keldi. U Kosta-Rika - Salvador o'yiniga bizning hakamni tayinlash borasida Armandoni ko'ndirishga urina boshladi. Aksiga olib bu paytga kelib FA prezidenti nimadandir shubhalanib qoldi. Kosta-rikaliklar ayyorlik qilib bizni aldab ketdilar. Ular o'rtoqlik o'yinini tashkil etish haqidagi shartnomaga imzo chekdilar. Biz esa Salvador terma jamoasining yo'l xarajatlari va mehmonxonada yashashi uchun pul to'lagandik. Ular esa o'yinga o'z hakamini tayinladilar. Qo'limizdan hech nima kelmadi.
Bahrayn - Togo o'yini bilan bog'liq mojaro Singapurgacha etib bordi. Gazetalar men haqimda kelishilgan o'yinlarning tashkilotchisi deya yozardilar. Londonda ekanligimni vatanimdagilar bilib qolmasliklarini istardim. Salvadordagi odamim tahririyatlardan biriga qo'ng'iroq qilib kelishilgan o'yinlarni emas, balki o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish bilan shug'ullanishimni tushuntirishga harakat qildi. Lekin hech kim uni eshitishni istamadi. Bu orada o'zim ham tahririyatlardan biriga elektron xat yozdim. Befoyda. Venesuelada olti millat vakillari o'rtasidagi turnirni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishni boshladik. Unda mezbonlardan tashqari Nikaragua, Panama, Ekvador, Trinidad va Tobago hamda Kamerun terma jamoalari ishtirok etardilar. Ammo Kosta-Rikadagi ishlar bilan bog'liq mish-mishlar juda tez tarqalib ketdi. Masalan, nikaragualiklar bizga rad javobini berdilar. Turnir esa butunlay barbod bo'ldi. Referilarimiz tayyor edilar, aksiga olib bukmekerlik idoralari o'yinlar uchun stavkalarni qabul qilmadilar. Salkam 400 ming dollar yo'qotdik. Murugan menga qo'ng'iroq qildi:
- Uilson, Serra-Leonedagi Abu Bakar bilan gaplashdim. Entoni noyabrda Boliviyada o'tadigan turnirga hakamlarimizni olib borishimiz kerakligini so'radi.
Qiziq, Entoni  boliviyaliklar bilan kelisha olmaganini aytgandi. SHunda uning menga pand berib qo'yganini tushunib etdim. Entoni to'g'ridan-to'g'ri Dan bilan ishlardi. U Boliviya FA bilan xususiy kompaniyasi nomidan shartnoma tuzgandi. Ular yoshlar uchun mo'ljallangan Kopa Aerosur turnirini tashkil etib, Burkina-Faso va Serra-Leonedan hakamlarni jalb etdilar. Albatta, bu iflos biznes ekanligini tushunib turardim. Odamlar imkon tug'ilgan zahoti bir-birlarini sotmoqdalar. Lekin Entonidan buni kutmagandim. U mening hisobimdan sayohat qilib, yo'lga qo'ygan biznesimni qo'sh-qo'llab Danga tutqazmoqda. Ablah!
Tamperega dastlabki mablag'ni o'tkazish uchun Finlyandiyaga qaytdim. Singapurdan 100 ming dollar jo'natdilar. SHu kuni kayfiyatim yaxshi emasligi bois ularga faqat 50 ming berdim. Biz 1 million dollarga kelishib olgandik. Danga esa buning uchun 1,5 million dollar kerak bo'lishini  aytgandim. Yarim million dollarni o'zimda olib qolmoqchi edim. 2010 yilning 18 noyabrida birdaniga uchta kelishilgan o'yin o'tkazildi: Qohirada Misr - Avstraliya, Kitoda Ekvador - Venesuela hamda Misrdagi yoshlar o'rtasidagi musobaqada mezbonlar  Moldaviyaga qarshi. Biz afrikalik hakamlar brigadalaridan tashqari Bolgariyadan yana bir brigadani tayyorlab qo'ygandik. Odamimiz mahalliy FA bilan kelishib olish uchun Qohiraga uchib ketdi. Misrliklar Anton Genov boshchiligidagi bolgariyalik hakamlar brigadasini maqulladilar. Bir yil muqaddam u Kanada - Makedoniya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida to'rt marta penalti belgilagani uchun UEFAdan ogohlantirish olgandi. Qolaversa, bu paytga kelib bukmekerlar uchta total uchun juda ko'p stavkalar qabul qilganlarini aytdilar. Dan uchrashuv oldidan Anton bilan gaplashib oldi:
- Diskvalifikaciyang endi tugadi. Pand  berib qo'yishni o'ylama. Kerakli vaziyat yuzaga kelishini kutib tur.
Antonning ko'rinishi misrliklarni biroz sarosimaga solib qo'ydi. CHunki u semiz bo'lib, hakamga umuman o'xshamasdi. Biz qatiy turib olganimizdan keyin uni uchrashuvga tayinladilar. Misr 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Anton bahs oxirida penalti belgiladi. Bellashuv nihoyasiga etganidan keyin Dan menga qo'ng'iroq qildi:
- Million tikkandim. Sening ulushing 200 ming dollar.
- Nimalar deb alahsirayapsan? Faqat million tikdingmi?
- 200 ming dollar - bu sening haqqing.
- Hazillashyapsanmi?
Dan yana meni ahmoq qildi. Oldindan ehtiyot chorasini ko'rib, o'sha o'yin uchun o'zimning yarim million dollarimni tikkandim. Misr va Moldaviya yoshlari o'rtasidagi bellashuvdan hech narsa yutmadik. Dan buni afrikalik hakamimiz ko'rsatmalarni yaxshi tushunmagani bilan izohladi. Kitoga uchdim. U erdagi uchinchi o'yinni Ibrohim boshqarardi. Uchrashuv oldidan o'zaro gaplashib oldik:
- Ibrohim, Boliviya - Venesuela o'yinini sen boshqarganmiding?
- Ha.
- Nega meni bundan xabardor qilmading?
- Buni bilsang kerak, deb o'ylagandim.
Ibrohimdan uchta gol farqi bilan totalni taminlab berishni so'radim. Bu mening terma jamoalar ishtirokida o'tkazgan oxirgi o'rtoqlik o'yinim edi. Dastlabki besh daqiqada Ekvador ikki bor gol kiritdi. Birinchi bo'lim oxirida esa yana bir marta raqib darvozasini ishg'ol etdi. Ibrohim o'z ishini bajardi. Bellashuv 4:1 hisobida nihoyasiga etdi. SHundan so'ng Ibrohimni Kopa Aerosurda nimalar bo'layotganidan xabardor bo'lib kelishi uchun Boliviyaga yubordim. Ikki kun davomida u hech qanday malumotga ega bo'lmadi va Nigerga qaytdi. Entonidan keyin Hasan ham menga xoinlik qildi. U pochta qutimdagi parolni bilardi va uni Danga havola qildi. Bundan xabar topganimda kech bo'lgandi. Ular eng kerakli barcha malumotlarni qo'lga kiritdilar.
Noyabr oyining oxirida Tampere uchun Singapurdan 400 ming evro olib kelishdi. Dan menga ishonmadi va pullarni kurer orqali klubning direktorlar kengashi vakili qo'liga topshirga qaror qildi. Ammo kurer bilan kelishib oldim:
- 20 ming evroni o'zingga olib qo'y. Pullarning qolganini menga ber. Bu yog'ini o'zim uddalayman.
U shartimga rozi bo'ldi. Men esa pullarni bir zumda maishatga sarflab yubordim. Tamperega 250 ming berib, qolgan 130 ming evroni o'zimda olib qoldim. Dan meni aldab ketgandi. Men ham unga shu tariqa javob qaytardim. Tampere bilan tarkibga 5-6 nafar o'z futbolchilarimizni olib kelish borasida kelishib oldik. Faqat bir shart bilan: biz olib kelgan o'yinchilar mahalliylardan ko'ra yaxshiroq bo'lishi kerak edi. Danning Evropadagi aloqalari yordamida shunday futbolchilarni juda tez topa olishimizga shubha qilmasdim.
Dekabrda Kopa Kordoba boshlandi. Musobaqa uchun hakamlarning ikkita brigadasi kerak edi. Dan Vengriya va Bolgariyadan shunday brigadalarni topdi. Ularni sindikat azolari kuzatib keldilar. Venger millatiga mansub Zekay yurtida katta hurmatga sazovor kishi edi. Biror bir iflos ish uning aralashuvisiz amalga oshmasdi. Evropalik hamkasblarimiz dastlab uni Dan bilan tanishtirib qo'yishni xohlamagandilar. Musobaqaning ikki uchrashuvi juda omadli boshlandi. Keyin esa Argentina bilan Boliviya terma jamoalari to'qnash keldilar. Bahrayn va Togo o'rtasidagi bellashuvdan so'ng bu mening faoliyatimdagi ikkinchi eng muvaffaqiyatsiz o'yin hisoblanadi. Uchrashuvni vengriyalik hakam Kolos Lengel boshqardi. Dan so'nggi uch daqiqada bir gol talab qildi. Hakamlar bilan masofalardan turib gaplashish imkonini beradigan moslamalar bilan qurollangandik. Ularning yordamida tribunada o'tirib bemalol o'yinni boshqarish yoki bir-birimiz bilan muloqot qilishmiz mumkin edi. O'yindan oldin unga ochilgan limitlar doimgidan ko'ra pastroq ekanligini ilg'ab qoldim. SHu bois Danga qo'ng'iroq qildim:
- Biror narsa o'ylab chiqish shart emas. Tez orada Boka va River ishtirokida turnir o'tkazilishi, unda esa bizning hakamlar qatnashishlari kerak. Hozirdan o'zimizni oshkor qilishimiz kerak emas.
Birinchi bo'lim xotirjam ruhda kechdi. Argentina sof gol kiritdi. Ishqibozlar esa quvonganlaridan o'rinlaridan turib ketdilar. Ammo Zekay raciya orqali shunday dedi:
- Golni bekor qiling!
Argentinalik futbolchi to'pni ikki himoyachi orasida qabul qilgan bo'lsa-da, qanot hakami bayroqchasini ko'tardi. Vaholanki, hech qanday o'yindan tashqari holat yuzaga kelmagandi. 90-daqiqa o'tib borardi. Hakamimiz esa hushtak chalishni paysalga solardi. Nihoyat, uchrashuvdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash uchun qo'shib berilgan 11-daqiqada hakam mezbonlar foydasiga shubhali penalti belgiladi. Final hushtagi chalinganidan so'ng maydonda mojaro boshlandi.  Boliviyalik o'yinchilardan biri hakamning yuziga tupurdi.
Tribunada Argentina FA prezidenti o'tirardi. O'sha uchrashuvga qadar Janubiy Amerikada kelishilgan o'yinlardan qo'rqmasdilar. Lekin shundan keyin har bir telekanal argentinalik kiritgan sof gol qay tariqa bekor qilinganini namoyish etishga tushdi. Katta shov-shuv boshlandi. Ehtimol, Dan bilan Zekay hammasini alo darajada uddaladik, deya o'zlarida yo'q xursand bo'lsalar kerak. Aslida esa ular hammasini barbod qilgandilar. O'yinni TV orqali ko'rsatdilar, stadionga esa muhim odam kirgandi. Mezbonlar ishtirokidagi bellashuvda bunday ishni amalga oshirish shart emasdi. Ikkinchi darajali o'yin orqali bizning Janubiy Amerikadagi biznesimiz barbod bo'ldi. Vaholanki, bahs uchun 2 ming dollardan ortiq pul qabul qilinmagandi. Bunday paytda o'yinni yutqazsang yarashadi. CHunki navbatdagisida zararning o'rnini qoplashing mumkin. SHunday vaziyatlar yuzaga kelganki, hakamlar ikki bor penalti belgilaganlariga qaramasdan futbolchilar gol kirita olmaganlar. Yil oxirida Dan va uning yordamchilari Quvayt, Zambiya, SHimoliy Koreya va Misrda o'rtoqlik o'yinlarini uyushtirdilar. Ular hatto menga qo'ng'iroq qilmadilar. Bunisi kamlik qilganidek, hamkasblarim bellashuvlarga  Ibrohimni jalb eta oldilar. Bu yaramaslar mening aloqa bazamdagi malumotlarni o'g'irlagan ekanlar, foydani besh qismga bo'lishimning nima keragi bor? Odatga ko'ra Dan sindikati uchun Singapurda yangi yil oqshomi uyushtirdi. Qochib yurganim bois u erga uchib bora olmadim. Yanvar oyining boshida sayyohlik firmasidan menga qo'ng'iroq qilishdi:
- Uilson, Gonkongdan kimdir seni so'rab qo'ng'iroq qildi. U pasportingdagi raqamlarni bilishni xohladi. Ehtiyot bo'l, seni qidirishmoqda.

(Davomi bor...)

J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика