So’nggi yangiliklar

18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  0 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  1 17:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" - "Олимпик", "Шўртан" - "Иштихон"  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   10 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  17 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  2 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  6 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  3 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   23 11:53“Трастбанк”дан кичик бизнес эгалари учун 500 млн сўмгача кредит!  1 11:45Драган Черан ҳакамнинг хатолари, кўп гол уролмаётгани ва "Пахтакор"дан кетиши ҳақида гапирди  6

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. X bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. X bob (davomi)

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining o'ninchi bobining davomini taqdim etamiz.
Malum bo'lishicha, bu sayyoramizdagi eng qashshoq mamlakatlardan biri hisoblanarkan. Uchrashuv nihoyasiga etganidan keyin ostonamda futbolchi, murabbiylar va hatto  FAning rasmiy shaxslari navbatda turardilar. Ularning hammasi yuzlariga ayanchli tus berib, mendan faqat  pul so'rardilar. O'zimdagi bor pullarni tarqatib, cho'ntagimda ozgina mablag' qoldirgancha mehmonxonani tark etdim.

Unga o'yinchilar bilan ehtiyot bo'lib, xafa qilmasdan ishlashni maslahat berdim. Axir bu mening uslubim hisoblanadi. Boshqalar bilan muloyim tarzda muomala qilish kerak. O'shanda ular bilan oson kelishasiz. Umuman aytganda, bunday pallada o'zingizni xuddi ularning do'stidek tutishingiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoningizda etarli pul bo'lmagan pallada ham xasislik qilmasangiz, hammasi xamirdan qil sug'urgandek oson kechadi. Tana zimbabveliklarni alo darajada kutib oldi. Alo - bu yaxshi mehmonxona, shoping va engil tabiatli ayollar deganidir. Afrikaliklar birinchi o'yinda 0:4 hisobida yutqazdilar. Ikkinchi uchrashuvda ular golsiz durang o'ynashlari kerak edi, ammo 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydilar.

Bu paytga kelib Assalan Gaiti terma jamoasiga taalluqli bo'lgan malumotlarni Danga havola qilish bilan mashg'ul edi. Dan imkon tug'ilgan zahoti mening jamoalarimni tortib olishga urinardi. U livanliklar va gaitiliklar bilan shunday yo'l tutdi. Dan menga xuddi eng ashaddiy raqibidek
munosabatda bo'lardi. Har qanday vaziyatda ham menga zarba berish uning sevimli mashg'ulotiga aylanib ulgurgandi. Dan 21 yoshgacha bo'lgan o'yinchilardan iborat Zimbabve terma jamoasini Bolgariyadagi o'rtoqlik uchrashuviga olib bordi. Ular mezbonlarga 0:5 hisobida yutqazdilar. Barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi.

Iyul oyida 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalar ishtirokida Misrda o'rtoqlik turnirini tashkil qilish bilan shug'ullandim. Bu musobaqaga Keniya, Nigeriya, Gana va Gvatemala terma jamoalarini taklif qildim. Keniyaliklar barchaga kulgu bo'ldilar. Ular  Misrga 1:7, Nigeriyaga esa 0:11 hisobida yutqazib qo'ydilar. O'z navbatida bukmekerlar bu uchrashuvlarga pullarni qabul qilishga kirishdilar. Biz yaxshi foyda ko'rdik. Turnir mezboni Misr sovringa ega chiqdi. Oradan bir oy o'tib Malayziya FA rahbariyatini Keniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini tashkil etishga ko'ndirdim. Barcha xarajatlarni o'z zimmamga oldim. Kelishilgan o'yin tashkil etishni istamagandim. Balki shunchaki kelajak uchun  keniyaliklar bilan aloqani yaxshilashni maqsad qilgandim. Ularning g'alabasi uchun 50 ming dollar tikdim. 30 daqiqa davomida jamoalar maydonda juda yaxshi kurashdilar. SHundan keyin mehmonlar murabbiyi kutilmaganda eng yaxshi uch o'yinchini almashtirib yubordi. Tentak.

O'sha oqshomda Tana bilan mehmonxonada o'tirib, bundan keyin nima qilish kerakligi haqida reja tuza boshladik. SHunda kimdir eshikni sezdirmasdan ochdi. Xonamizga yonidagi bahaybat yigitlar bilan Pal bostirib kirdi. Tananing ranggi bo'zdek oqarib ketdi. Palni salkam 10 yildan beri ko'rmagandim. Atlantadagi Olimpiada chog'ida undan 80 ming dollar qarzdor bo'lib qolganim yodimdan ko'tarilmagandi. Agar uning yonidagi barzangilar meni do'pposlashga tushadigan bo'lsalar, Paldan rahm-shafqat so'rmaslikni, balki ulardan birini o'ldirishni rejalashtirib qo'ygandim. Ha, oldinlari u boss edi. Endi esa hamma narsa o'zgarib ketgan.

- Sen mendan qarzdorsan, - dedi Pal. - Sen bilan pullar haqida gaplashib olish maqsadida bu erga keldim.

Pal yonidagi hamrohlaridan aslo qo'rqmaganimni sezgan ekan. Albatta, u sir bermaslikka urinib, o'zini oldingidek ko'rsatishga harakat qilardi. Ammo bunday emasdi. Biz Dan bilan Pal hali bunday ishlarga aralashmasdan oldin kelishilgan o'yinlarni o'tkazardik. Lekin tan olish kerak, boshqalar bu kabi o'yinlardan Pal singari ko'p pulga ishlamasdilar. Endi o'sha kunlar o'tmishda qolib ketgan. Boz ustiga Pal ancha keksayib qolgandi.

- Sendan qancha qarzim bor edi? - deya so'radim undan.

- 60 ming dollar.

Bir o'yin uchun avvallari million dollardan kam pul tikmagan odam mendan 60 ming talab qilardi.

- 80 ming dollar qarz edim, deb o'ylagandim.

- Yo'q, 20 ming dollarni to'lashdi.

- Bunisi esimda yo'q. Aytib qo'yay, yonimda hozir 30 ming dollar bor xolos. Qolgan pulni dushanba kuni beraman.
Pal bundan xursand bo'lib ketdi. Qarz o'z nomi bilan qarz. Uni to'lash kerak. Hatto oradan 200 yil o'tganidan keyin ham qarz qarzligicha qolaveradi.

Palning Singapurda qarz bo'lib qolganidan xabardor edim. Qolaversa, xitoylik  bosslar u bilan boshqa ishlamay qo'ygandilar. Aksincha, xitoyliklar Palni gumdon qilish payiga tushib qolgandilar. SHuning uchun u Malayziyada yashirinib yurgan ekan. Ittifoqo Pal mening shu erga kelganimdan xabar topgandi. Vada berganimdek, dushanba kuni qarzning qolganini to'ladim. Malayziyada ekanligimni unga kim etkazganini bilishni juda-juda xohlardim. Axir meni yana kimdir sotib qo'ygandi. Oradan ikki hafta o'tganidan keyin Pal menga qo'ng'iroq qildi va hech kutmaganimda muloyim ovozda gapirishga tushdi:

- Menga 30 ming dollar qarz berib tura olmaysanmi?

- Meni kim sotganligini ayt.

- Dan.

Bunga ishona olmadim. Dan juda haddidan oshib ketgandi.

- Qo'limdan kelgancha yordam beraman. Hozir yonimda sen so'ragan pul yo'q. Yana qo'ng'iroqlashamiz,-dedim unga.
SHundan so'ng telefonimni o'chirib, ichidagi sim-kartani chiqarib uloqtirib yubordim. Bu mening Pal bilan oxirgi suhbatlashishim edi...

(Davomi bor)

J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика