So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  27 19:50Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  2 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  8 18:40Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га эмас, "Реал"га ўтмоқчи  8 17:38"Барселона"нинг янги сардори маълум бўлди  2 17:09"Арсенал" франциялик юлдузга кўз тикди  1 16:43"Динамо" стадионида янги прожектор лампалари ўрнатилмоқда  4 16:21Жоау Феликс яна "Челси"га ўтиши мумкин  1 15:55"Олимпик Mobi-Uz" ҳимоячилари, "Қўқон-1912"га ғалаба келтирган украиналик футболчи — Про лига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:35"Бунёдкор" футболчиси деярли 1000 кундан сўнг Суперлигада гол урди  3 15:10"Реал" XXI асрда 14 финалнинг ҳаммасида зафар қучган. УЕФА Суперкубоги учун баҳс натижаси қандай бўлади?  4 14:47Муборакдаги ўйин қаҳрамони, "Қўқон-1912" дарвозабони ва мураббийи - Про лига 15-тур лауреатлари  1 14:35"Бунёдкор" чемпионатдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" устидан қўлга киритган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:07Қатар клуби футболчининг трансфери учун пулни фирибгарларга жўнатди  2 13:39Мбаппе УEФА Суперкубоги ўйинида асосий таркибга киритилмаслиги мумкин  4

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VII bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VII bob (davomi)

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining ettinchi bobining davomini taqdim etamiz.
Davomi. Boshi quyidagi havolada:

Kelishilgan o'yinlar qiroli. VII bob.


Merdeka Kubogi - 2008 startida Mozambik terma jamoasi Perumal va uning sheriklariga pand berib qo'yganidan keyin ular ancha ehtiyotkor bo'lib qoldilar. SHu bois turnirning soyadagi tashkilotchilari bu safar Serra-Leone terma jamoasiga etibor qaratib, ularning delegaciyasidagi Abu Bakar bilan uchrashishga qaror qildilar. Bu orada kelishilgan o'yin tashkil etuvchilarning orasidagi munosabat buzilib, Dan Tan Garini chetga surib qo'yishga harakat qiladi. Xo'sh, ularning o'rtoqlik maqomiga ega bo'lgan musobaqadagi sarguzashtlari qanday yakuniga etadi?


DAN TANNING AYYORLIGI

- Qara, - deya gap boshladim Abu Bakar bilan uchrashgan paytimizda. - Bizga ikkinchi bo'limda to'rtta gol kerak. Buni o'zinglar kiritishingiz yoki bo'lmasa darvozangizdan o'tkazib yuborishingiz ham mumkin. Uzoq parvozdan keyin etib kelganinglarni inobatga oladigan bo'lsak, gollarni o'tkazib yuborganingiz maqul.
Bu orada Dan Garini chuv tushirib ketishga qaror qilgandi. U Garining pullaridan Evropadagi qallobliklarda foydalangandi. Ammo ularning o'rtasidagi munosabat yomonlashib borardi. Ikkisi ham xitoylik sirli bossga o'zini ko'rsatish istagiga tushib qolgandi. Uni Kang deb atardilar. Kang o'yinlar uyiga ega bo'lib, u erda kelishilgan uchrashuvlarni tashkil etish uchun millionlarni qarz sifatida olish imkoni bor edi. Dan mendan Garini chetga surib chiqarishni iltimos qildi. Qisqasi, meni operaciyaning rahbari etib tayinlagandilar.
- U holda ummonlik do'stim Rashid Gariga qo'ng'iroq qilsin, - deya taklif kiritdim.
Gari Rashidni Livan - Singapur o'yini orqali bilar, o'shanda biz Mega bilan birga ishlagandik. Rashid Gariga qo'ng'iroq qilib, Serra-Leoneni bu erga etib kelganini xabar berdi. Gari Rashiddan Kuala-Lumpurdagi mehmonxonada futbolchilar bilan kelishib olishi uchun uchrashuv tashkil etishni so'radi. Biz shu tariqa unga qopqon qo'ydik. Admir bundan juda ajablandi va shunday dedi:
- Garini nima sababdan chuv tushirmoqchisizlar?
- Men u yaramasga saboq berib qo'ymoqchiman, - deya javob qaytardi Dan.  
Dan Gariga bu erda kim boss ekanligini ko'rsatishni istardi. Gari bir uyum pul yo'qotishi kerak edi. Francuzchani biladigan afrikalik do'stimdan o'zini Serra-Leone terma jamoasining sardoridek tutib, Gari bilan uchrashishi kerakligini so'radim. Biz unga Serra-Leonedan kelgan haqiqiy besh o'yinchini qo'shib, uchrashuvga yubordik.
- Hech qanday muammo yo'q,  - dedi Gari. - Biz uchrashuvni osonlik bilan yutamiz.
Serra-Leone terma jamoasi esa berilgan vazifani ajoyib tarzda uddaladi. Ular 0:4 hisobida yutqazib qo'ydilar. Gari yakson qilindi.

BUTUN UMID SERRA-LEONEDAN
Ikkinchi o'yinda Mozambik Vetnam bilan uchrashdi. Biz o'yinchilarga to'g'ridan-to'g'ri chiqib, nimani istayotganimizni ularga tushuntirdik. Ular 0:4 hisobida mag'lub bo'ldilar va gollarning hammasini ikkinchi bo'limda o'tkazib yubordilar. Uchinchi uchrashuv oldidan futbolchilar qo'ng'iroqlarimizga javob berishni to'xtatib qo'ydilar. Ular shu tariqa o'yindan chiqqanligini bildirmoqchi bo'ldilar. Ular bilan ishlash juda qiyin edi. Futbolchilarning orasida faqat bir kishi inglizchani bilardi. Albatta, o'yinchilar biz bilan hamkorlik qilishni istardilar, lekin murabbiydan hayiqib turardilar. Mozambik terma jamoasini taklif qilish mening xatoim bo'ldi.

Bizga Serra-Leone terma jamoasi qolgandi.  Afg'onistonga qarshi o'yin oldidan ularga ko'rsatmalar berdik:
- Ochiq futbol o'ynanglar. G'alaba qozonishingiz mumkin, ammo total to'rtta goldan kam bo'lmasligi kerak.
Yigitlarimiz ajoyib o'yin ko'rsatdilar va afg'onlar ustidan 6:1 hisobida g'alabaga erishdilar. Oxirgi o'yinda ular Nepal bilan uchrashardilar. U jamoada ham o'z odamlarimiz bor edi. Srra -Leonega 2,5 ko'rinishda fora berdilar. Biz 3,5 taklif etishimiz kerak edi. Abu Bakarga shunday tushuntirdim:
- Birinchi bo'lim gollarsiz. Ikkinchi yarmida esa 4 yoki 5ta gol urasizlar. Nepalliklar bu ishda yordamlashib yuboradilar.
Nepalliklar bilan uchrashgan paytimizda Admir juda hayron bo'ldi. CHunki ularning bo'yi past edi.
- Sizlar rostdan ham futbolchimisizlar? -deya hayron bo'lib so'radi u.



Dastlabki daqiqalardan Serra-Leone hujumga tashlandi. Ko'rinishidan ular gol kiritish kerak bo'lmagan birinchi bo'limdayoq rejani bajarishmoqchiga o'xshardilar. Hayajonlanib ketdim. 20-daqiqada afrikaliklar hisobni ochishdi, oradan ko'p o'tmay ularning bir o'yinchisi qizil kartochkaga loyiq topildi. Vaholanki, ular o'yinni ikkinchi yarmida yana to'rtta gol kiritishlari kerak edi. 40-daqiqada nepalliklar hisobni tenglashtirishdi. Biz hisobdagi farq uchun totalga tika boshladik. 75-daqiqaga qadar nepalliklar odatdagidek o'yin ko'rsatishdi. Baxtimizga ularning markaziy himoyachisi sheriklariga nimadir dedi. Endi ular Serra-Leone terma jamoasining o'yinchilarini osonlikcha o'tkazib yuborardilar. Afrikaliklar jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Total ish berdi, hisobdagi farq uchun tikilgan stavka esa yo'q. Abu Bakar bilan yana uchrashdim:
- Ahmoq, nimalar qilib qo'yding?
- Bizni aldaysan va turnir bilan xayrlashamiz shekilli, deb o'ylabman.
- Sizlarni bu erga men olib kelgandim shekilli...
- Men shunchaki ehtiyot chorasini ko'rmoqchi bo'ldim.
- Tentak, birinchi bo'limda kiritgan golingiz evaziga hammasi barbod bo'ldi.
Total 2,5 yoki 3,5 bo'lganidan keyin har bir kiritilgan gol evaziga stavka ortib boraveradi. Hisob ochilmay turgan pallada totalga stavka taklif qilishimiz mumkin edi. Ammo nepalliklarning golidan so'ng koefficientlar tushib ketdi. Biz deyarli hech narsa yutmadik va Abu Bakar bilan sheriklariga pul to'lamadik. Nepalliklar esa o'z ulushlarini oldilar. Oqshom tushganidan keyin men, Admir, Dino va Abu Bakar birgalikda kechki ovqatga yo'l oldik. Abu Bakar jiddiy suhbatga tayyor emasdi.
- Hoy yigitlar, bu egizak minoralarni qaranglar, - dedi u hayratini yashira olmay. - Ayniqsa, chiroqlar yog'dusida minoralar yanada chiroyli ko'rinar ekan!
Dino g'azab otiga mindi. U qo'lidagi sanchqi bilan Abu Bakarga tashlanishi mumkin edi.
- Bas, ehtirosingizga erk bermang,  - deya o'rtaga tushdi Admir.
Ammo bir necha bokal pivo ichganidan keyin Abu Bakar o'zgarib qoldi:
- Biz bu erga pullarga ishlash uchun keldik! O'zimizga pul to'layotganlarga bo'ysunishimiz kerak. Sizlar nima desanglar, shuni bajaramiz.
- Nihoyat bu yaramas o'ziga keldi,  - deya xotirjam tortdi Dino. - Ehtimol, o'yindan oldin ham uni ichirib qo'yganimiz yaxshimikin?
O'sha kungi kechki ovqatdan so'ng serra-leoneliklar bilan hech qanday muammolar yuzaga kelmadi.
- Bizga to'rtta gol kerak. Buni o'zinglar kiritishingiz yoki darvozangizdan o'tkazib yuborishingiz mumkin.
Ikkinchi bo'limning o'rtalarida ular 2:0 hisobida oldinda borardilar. Lekin keyinchalik xotirjamlikka berilib ketishdi va hisob tenglashdi. O'yin qo'shimcha bo'limlarda davom etadigan bo'ldi. Penaltilar seriyasida ular Vetnamga yutqazib qo'ydilar. Agar Serra-Leone finalga chiqqan taqdirda biz yanada ko'proq pullarga ishlagan bo'lardik.

DAN TAN YANA XASISLIK QILDI
Dan qilgan barcha mehnatlarim uchun menga bor-yo'g'i 10 ming dollar berdi xolos. CHoychaqa. Singapurga  qaytdim. O'zini Serra-Leone terma jamoasining sardori sifatida tanishtirgan do'stim Assalan futbol o'ynardi. U meni milliy divizion finalidagi o'yiniga taklif qildi. Assalan maydonda baland bo'yi va o'ziga xos soch turmagi bilan boshqalardan ajralib turardi. Birinchi bo'lim mobaynida uning oyoqlariga biror marta ham to'p tegmadi. Ikki safar u bosh bilan zarba berdi. SHu bilan birga do'stim sheriklariga doim baqirib turdi. Assalan dahshatli futbolchi edi. Bir safar undan shunday so'radim:
- Assalan, agar uch oy tinmasdan mashq qilsang, Kakani to'xtatib qola olasanmi?
- Albatta.
- Esingni eb qo'yibsan.
Assalan sal bo'lmasa Greciyada paydo bo'lishi mumkin edi. U Dandan o'zini grek klubiga joylashtirib qo'yishni iltimos qilgandi. CHunki Danning sindikati o'sha jamoaga homiylik qilardi.
- Assalan, bu sening darajang emas, - degan javobni olgandi u.
Kunlardan birida Assalan oramizdagi yagona haqiqiy futbolchi bo'lgan Admirni mashg'ulotga taklif qildi.
- Bu yigit chindan ham nimanidir uddalaydi,  - deya luqma tashladi Assalan.
Dan futbol nima ekanligini umuman tushunmasdi. U to'p oshirish va o'yindan tashqari holat qay tariqa yuz berishini bilmasdi. Dan Tan faqat koefficientlarni tushunardi xolos.

(Davomi bor)

J.ZAYNOBUTDINOV tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика