So’nggi yangiliklar

15:57U-20 Осиё Кубоги саралаши. Хитой Тайпейи U-20 – Ўзбекистон U-20 (онлайн ҳисоб)  4 15:39Қозоғистон Жаҳон чемпиони Португалияни уйига жўнатиб юборган ўйиндан ўзгача ГАЛЕРЕЯ  2 14:53Испанияда "Реал" билан боғлиқ ирқий можаро авж олди  7 14:14Футзал афсонаси Рикардиньо Португалия терма жамоасининг мағлубиятига муносабат билдирди  4 13:45Португалия футзал термаси аъзоси Тиаго Брито: "Спортда ҳар доим ҳам кўпроқ ҳужум уюштирганлар ғалаба қозонавермайди"  0 13:22Жорже Браз: "Португалия футзалчилари спортчи бўлиш нимани англатишини кўрсатишда давом этаётгани фахр туйғусини бахш этади"  0 12:57Қозоғистон термаси футзалчиси Даурен Турсагулов: "Португалия термаси устидан қозонилган ғалабани қозоқ халқига бағишлаймиз"  2 12:36ПСЖ собиқ футболчиси Кипр чемпионатига ўтади  1 12:14ОАВ учун финалолди расмий тадбирлар ҳамда аккредитациялаш режаси тақдим этилди  1 11:50Қозоғистон термаси футзалчиси Арнольд Кнауб: "Португалия билан баҳс ҳақиқий жангга айланиб кетди"  2 11:232025 йилги клублар ўртасидаги ЖЧ ўтказилмаслиги мумкин  3 10:55Маурицио Сарри АПЛга қайтиши мумкин  0 10:21ПСЖ бош мураббийи ғалати сабаб билан ойлигининг ярмидан воз кечишга тайёр  1 09:40Эрик тен Хаг МЮнинг асосий муаммоси ҳақида фикр билдирди  4 08:57«Фенербахче»нинг собиқ футболчисини отиб кетишди  9

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobi beshinchi bobining dastlabki qismini taqdim etamiz.

Yana qamoqdaman. Yaqinlarim ham mendan uzoqlasha boshlashdi. Otam bir martagina ko'rishga keldi. Singillarim yangi yil oldidan kelib turishardi. Faqat onam doimiy ravishda oldimga kelardi. Keyin esa o'zim ularga ko'p ham kelavermaslikni iltimos qildim.
Onam menga yangiliklarni aytib tursa-da, tashqarida nima bo'layotganidan bexabar edim...

Qamoqdan 2006 yilning may oyida chiqdim. Ozodlikka chiqishimga bir necha hafta qolganida meni boshqa blokka o'tkazishdi. U erda televizor ko'rishga va yangi gazetalarni o'qishga ruhsat berilardi. U erga ish beruvchilar kelib, turli xil ishlarni taklif qilishardi. Lekin u ishlarning maoshi judayam kam edi.

Qamoqdan chiqish faqatgina bitta eshik orqali bo'lardi. Eshik oldida do'stlar va qarindoshlar kutib turishardi. Men onamga kutib olishga chiqmasliklarini tayinladim. Men yosh bola emasman. SHunchaki, tashqariga chiqib toza havodan to'yib nafas olishni istagandim. Tashqariga chiqqanda esa ukamni ko'rdim. Haa, baribir kelibdi. U bilan birga do'stlarimdan biri Mega turardi.
Men eski do'stlarimni unchalik ham xushlamas edim. Ularni barcha ko'ngilsizliklarimga sababchi sifatida ko'rardim. Mega o'zgarmagandi: bo'yi o'zun, ozg'in, ko'zoynakda turardi. U bilan 21 yoshimda tanishganman. SHu sababli ko'p ham ishonavermasdim. Mega aqldan ozar darajada ketma-ket “stavka”lar qo'yardi. U shahar uyushmasida ishlardi. Meni mashinasida uyimga olib borib qo'ydi.
Panjara ortidagi to'rt yildan so'ng ozodlikning juda ham qadriga etar ekansan. Men muammolarsiz yashashni istardim. CHekmadim, ichmadim. Kunlik chiqimim 5 dollardan ham oshmasdi: bir chashka kofe va gazeta. Kofe ichib, xayol surib o'tirardim. Mega esa yon qo'shnim edi.

Kunlardan bir kuni u gap boshlab qoldi:

-   Uilson, men yigitlar bilan gaplashdim...

-   Yo'qol!

Mega Singapur ligasida ishtirok etuvchi yangi “Sporting Afrika” nomli jamoaning futbolchilari bilan ish qilardi. U erda xorijlik futbolchilarga o'ynashga ruhsat berilardi. Mahalliy tadbirkor Kolin CHi afrikaliklarni yig'ib jamoa tuzgandi.
“Sporting” futbolchilari oyiga atigi 100 singapur dollari olishardi. Bunday maosh uchun yashash mumkin emas. Ular zamonaviy qullarni eslatib yuborardi. Mega jamoa futbolchilaridan biri bilan aloqada edi. Kunlardan bir kuni u meni “Sporting”ni o'yinini ko'rish uchun stadionga olib bordi.

-   Uilson, nima deb o'ylaysan? Bu yigitlar bilan pul ishlash mumkinmi?

Birinchi bo'limdan so'ng ikkita futbolchini ko'rsatdim:

-   Ularni ko'ryapsanmi? Ular jamoaning asosiy futbolchilari. O'shalar bilan kelishishni maslahat beraman.

Futbolchilarning ismi Obi va Fil edi. Ikkita markaziy yarim himoyachi. Ularsiz jamoa hech narsa qila olmasdi. Ikki kundan so'ng Mega Fil bilan kelishib oldi va mening oldimga keldi:

-   Men Fil bilan uchrashmoqchiman. Birga borasanmi?

Men kelishuvlar tashkilotchisiligimcha qolgandim. Pul qolmagandi. SHu sababli Mega bilan birga ish qilishga to'g'ri keldi.

-   Boraman. Lekin, ishtirok etmayman. Men boshqa stolda o'tiraman. 

-   Yaxshi.

Biz kofexonada uchrashdik. Men ulardan bir necha metr uzoqda o'tirardim. Suhbat tugaganidan so'ng Mega oldimga keldi:

-   Fil rozi bo'ldi. Endi nima qilishim kerak?

-   U qizil kartochka olsin va keyingi o'yinni o'tkazib yuborsin. SHunday deb ayt.

Fil pul ishlab olish taklifini rad etmadi. U oyiga 100 dollar olar, Mega esa unga 6-7 ming taklif qilgandi. Fil bu haqda Obiga ham aytgan. Mega Fildan qizil kartochka olishni so'radi. Passiv harakat qilayotgan Fil va Obi bilan o'yin bizning scenariyimiz asosida ketayotgandi. 89-daqiqada Fil qizil kartochka oldi.

-   U nima qilmoqchi edi? 89-daqiqadagi qizil kartochka nima uchun kerak?, deya asabiylashdi Mega.
Dastlabki muvaffaqiyatdan so'ng Mega “Sporting” futbolchilari bilan ishlashni davom ettirdi. Bazida u oldimga maslahat so'rab kelardi. Men uning o'yinlari uchun “stavka” qo'yishga bir oz pul yig'ib qo'ygandim. Lekin, o'yinlar muhim bo'lmagani uchun biz ko'p foyda ko'ra olmas edik. Biz 4 yoki 5 ta o'yin tashkil qildik. O'yinlarning barchasini stadionda tomosha qilardik. 

“Tampin”ga qarshi o'yinda biz “Sporting” futbolchilaridan g'alaba qozonishni so'radik. Fil esa buning o'rniga qizil kartochka ishlab oldi. Biz bu ahmoqdan qizil kartochka so'raganimizda 89-daqiqada zo'rg'a maydondan chetlatilgandi. G'alaba so'raganimizda esa u maydondan chetlatildi. Biz yutqazib qo'ydik. 


-   Filga kimdir mag'lubiyat uchun pul taklif qilgan.

Uni policiyaga olib ketishdi. U barchasini tan oldi. Policiya uning telefon qo'ng'iroqlarini kuzatib Megani ham topib oldi. Fil esa Mega uning do'sti ekanligini, pulni unga boshqalar taklif qilganini aytib qoldi.
Omadimiz keldi. Mega meni ham o'zi bilan tortib ketishi mumkin edi. Fil erkak bo'lib chiqdi va hech kimni sotmadi. Megani ushlab o'tirish uchun asos qolmagandi. Uni qo'yib yuborishdi. Lekin, mamlakatni tark etishni taqiqlab qo'yishdi.

Mavsum o'z yakuniga etdi. “Sporting” Yaponiyaning “Niigata” jamoasi bilan o'ynaydigan bo'lib qoldi. Mega bilan ushbu o'yinga yaxshigina pul tikishni rejalashtirayotgan edik.

-   Birinchi bo'lim durang, ikkinchisida esa bitta gol o'tkazib yuboringlar, - deya Obi va Filga ko'rsatma berdik. 

Yaxshi. Lekin, hakam hushtagi yangraganidan so'ng Obi o'zining odatiy o'yinini qila boshladi. U kelishuvimizga tupurgandi. Fil esa aksincha, bizga yordam berishga harakat qilar, lekin, gol o'tkazib yubora olmasdi. 92-daqiqada yaponlar baribir gol urdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondilar. “Stavka”miz to'g'ri chiqqandi. Meni esa Obidan jahlim chiqayotgandi. Men qo'ng'iroqlarim eshitilmoqda deb o'ylardim. SHu sababli Obiga emas, Filga qo'ng'iroq qildim:

-   Fil, anavi ahmoqqa aytib qo'y, u besh emas, faqat ikki oladi.

-   Bu sizlarning ishingiz, - javob qildi Fil. U inglizchada juda yomon gaplashardi.

Policiyachilar qo'ng'iroqlarni eshitishgan va Filni yana so'roqqa tutishni boshlashgandi.

-   Uilson nima haqida gapirdi? “Ikki” va “besh”lar nima degani?

-   Bilmayman. Uilsondan so'ranglar. Bu Obi va uning ishi.

-   Unda nimaga u senga qo'ng'iroq qildi?

-   Bilmayman.

Obini chaqirishdi:

-   Bilmayman. Uilson Filga qo'ng'iroq qilgan. Menga emas. Ulardan so'rayvering.

Uni menga qo'ng'iroq qilishga majburlashdi. Mashinada ketayotgandim. Obi menga hech qachon qo'ng'iroq qilmagan. Har doim men unga telefon qilardim. Men suhbatimizni eshitishlarini bilgan holda gaplasha boshladim.

-   Salom Obi.

-   Menga qachon yangi jamoa topib bermoqchisan?

-   Hozir juda bandman. Bunga vaqt zarur. Men hindistonliklar bilan gaplashdim. 1-2 oy vaqt kerak bo'ladi.

-   Menga klub kerak.

-   Obi, men bilan ishlasang ishla, bo'lmasam katta ko'cha!

Trubkani joyiga qo'ydim.

Ikki kundan so'ng meni yana hibsga olishdi. Avvaliga hech narsa demasdan kameraga “o'tqazib” qo'yishdi. 28 soatdan so'ng esa tergovlar xonasiga olib chiqishdi. Men u erda bir o'zim o'tirardim. Bir soatcha bir o'zim, bo'm-bo'sh xonada o'tirdim. Nihoyat oficer kirib keldi:

-   Fil, Mega va Obi haqida nimalarni bilasan?

-   Men ularga yangi jamoa topishga yordam beryapman.

-   Nimadan qo'rqyapsan? Agar sening hech qanday aybing bo'lmasa qo'rqma.

Jimman. Oficer chiqib ketdi. Bir oz o'tib uning hamkasbi tergovni davom ettirdi:

-   Obi barchasini aytdi. Uning ko'rsatmalari seni yana qamashimiz uchun etarli. Nima uchun o'zingni oqlamoqchi emassan?

Ularga meni urish taqiqlangandi. SHu sababli, meni psixologik tomonlama sindirishmoqchi edi. Bu safar men hech narsani tan olmaslikka qaror qilgandim.

-   Men shunchaki futbol agentiman. Nima haqida gapirayotganingizni tushunmayapman.

Oficer kulib yubordi. Keyin esa menga yaqinroq kelib so'zlay boshladi:

-   Uilson, sen nima uchun bizning ishimizni chigallashtiryapsan? So'nggi marta ogohlantiryapman: Singapurdan chiqib ket va boshqa joyda kelishilgan o'yinlarni tashkillashtir. Biz ham seni taqib qilmaymiz.

Yaxshiyam Obi va Filga bu tizimda qanday ishlash zarurligini tushuntirib qo'yganim. Agar men barchasini tan olganimda meni 10 yilga qamashardi. Bitta jinoyat bilan uch marotaba qo'lga tushish – tamom degani!
Bu orada eski tanishlar – Yap va Tan paydo bo'ldi. Ular bilan yana Kelvin degani ham ishlay boshlagandi. 2006 yilning boshida Germaniyadagi jahon chempionatida ish qilish uchun meni qidirishgan ekan. Lekin, men u paytda hali qamoqda edim...


(Davomi bor...)


Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика